“Cheksiz” xizmati tarif reja va alohida to‘plamlar bo‘yicha MB va daqiqalar qolmaganda (Internet va qo‘ng‘iroqlar uchun haq balansdan ketayotganda) mablag‘larni tejashga yordam beradi. Uning alohida narxlash shartlari 1 va 2 jadvallarda keltirilgan.
Xizmatni ulash narxi - 4210.35 so'm
Tarif reja va alohida to‘plamlar bo‘yicha MB va daqiqalar qolmaganda, narxlash qismlarga taqsimlanadi.
Ya’ni 0 dan 300 gacha har bir MB/daqiqa narxi 70,31 so'm/54,73 so'm teng bo‘ladi. 301 dan 500 gacha sarflangan har bir MB/daqiqa narxi yanada arzonroq - 58,94 so'm/45,89 so'm teng bo‘ladi. Narxlash shu tariqa arzonlashib ketaveradi – abonent qanchalik ko‘p MB/daqiqa sarflasa, u unga shunchalik arzonga tushadi. Shunday qilib, “Cheksiz” xizmati alohida to‘plamlarni faollashtirmagan holda harajatlarni tejashga imkon beradi.
Jadval 1. MB bo‘yicha taqsimlanish
Taqsimlar |
0-300 |
301- |
501- |
1001- |
1501- |
2001- |
3001- |
5001- |
10001- |
30001- |
50001- |
100000+ |
1 MB narxi |
70,31 so'm |
58,94 so'm |
42,10 so'm |
36,63 so'm |
37,89 so'm |
34,95 so'm |
29,47 so'm |
23,16 so'm |
18,10 so'm |
16,84 so'm |
14,74 so'm |
10,52 so'm |
300 |
200 |
500 |
500 |
500 |
1000 |
2000 |
5000 |
20000 |
20000 |
50000 |
Jadval 2. Daqiqalar bo‘yicha taqsimlanish
Taqsim |
0-300 |
301- daq |
551- daq |
801- daq |
1001- daq |
1401- daq |
2001- |
3301- |
5500+ |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
1 daq. narxi |
54,73 so'm |
45,89 so'm |
40 so'm |
37,89 so'm |
35,78 so'm |
29,47 so'm |
22,73 so'm |
15,16 so'm |
10,10 so'm |
300 |
250 |
250 |
200 |
400 |
600 |
1300 |
2200 |
Misol: abonent 3500 MB sarfladi – u sarflagan mablag‘ quyidagicha hisoblanadi:
(300* 70,31 so'm)+(200*58,94 so'm)+(500* 42,10 so'm)+(500*36,63 so'm)+(500* 37,89 so'm)+(1000* 34,95 so'm)+(500*29,47 so'm) = 141046,72 so'm
Daqiqalar narxi ham shunga o‘hshash tartibda hisoblanadi.
Shartlar:
-
Xizmatdan "Corporate”, “Corporate Start”, “Corporate Maxi”, “Corporate VIP”, “Corporate 777”, “Corporate ULTRA”, “Corporate Perfect” tarif rejalarining yangi va amaldagi abonentlari foydalanishlari mumkin.
-
Oyning har 1 sanasida (tarif rejasi va alohida to‘plamlar bo‘yicha MB va daqiqalar qolmaganda) narxlash taqsimlari boshidan boshlanadi.
-
Xizmat doirasida oy davomida qancha daqiqa va MB sarflanganini bilish uchun *118# USSD-buyrug‘idan foydalanish mumkin.
-
Yuqorida ko‘rsatilgan tarif rejalari doirasida tarif o‘zgartirilsa, xizmat saqlanib qoladi.
Yuqorida belgilanmagan tarif rejasiga o‘tilganda, xizmat bekor qilinadi.
- MB sarflanish tartibi:
Tarif rejasi bo‘yicha MB – undan keyin OnNet to‘plami (yoqilgan bo‘lsa) – undan keyin barcha turdagi Internet-to‘plamlar (yoqilgan bo‘lsa) – eng ohirida “Cheksiz” xizmati bo‘yicha narxlash amalga oshiriladi.
- Daqiqalar sarflanish tartibi:
Tarif rejasi bo‘yicha daqiqalar – xarid qilingan barcha turdagi ovozli to‘plamlar - eng ohirida “Cheksiz” xizmati bo‘yicha narxlash amalga oshiriladi.
- "Gap ko‘p" xizmati yoqilgan bo‘lsa, eng avval "Gap ko‘p" xizmati bo‘yicha daqiqalar sarflanadi, undan so‘ng tarif rejasi bo‘yicha Mobiuz tarmog‘i ichida qo‘ng‘iroqlar uchun daqiqalar, ulardan keyin xarid qilingan (har qanday turdagi) daqiqalar to‘plami sarflanadi. Ular yakunlangandan keyin esa “Cheksiz” xizmati ishga tushadi.