Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Raqam egasini o‘zgartirish

Xizmat narxi – 25 000 so‘m (raqamning yangi ega to‘laydi).

Alohida toifadagi raqam egasi o‘zgarayotganda raqamning yangi egasi qiyudagi to‘lovlarni amalga oshirishi kerak bo‘ladi: 

1-jadval



    Qayta rasmiylashtirilayotgan raqam toifasi

    To‘lov foizi

    Qayta rasmiylashtirish narxi

    Super Platinum Plus











    10%

    10 000 000 so'm

    Super Platinum

    5 000 000 so‘m

    Platinum Plus

    4 000 000 so‘m 

    Platinum

    2 500 000 so‘m 

    Platinum Light 1 000 000 so'm

    Super Gold

     500 000 so‘m 

    Gold

     200 000 so‘m 

    Silver

    84 000 so‘m 

    Silver Light 63 000 so'm

    Bronze

    30 000 so‘m 

    Steel

    13 000 so‘m  

    Steel Light 8 000 so'm
  • Agar raqamning avvalgi egasi “Alohida toifadagi raqam haqini qismlarga bo‘lib to‘lash” xizmati bo‘yicha raqam haqini to‘laligicha to‘lamagan bo‘lsa, «Raqam egasini o‘zgartirish» xizmati ko‘rsatilmaydi.

Agar Corporate Perfect tarif rejasida bo‘lgan Steel yoki Bronze toifasidagi raqam egasi o‘zgarayotgan bo‘lsa, raqam uchun haq olinmaydi (100% chegirma beriladi).

Shartlar:

  • Narxlar barcha soliqlarni hisobga olgan holda ko‘rsatilgan.
  • Raqamni qayta rasmiylashtirish uchun raqam egasi va yangi abonent o‘z pasportlarining asl nusxasi bilan Mobiuzga qarashli ofislardan biriga murojaat qilishlari kerak.
  • Raqam egasini o‘zgartirish arizasi Kompaniya tomonidan 7 kalendar kuni davomida ko‘rib chiqiladi.
  • Xizmat narxi (25 000 so‘m) yangi abonent tomonidan to‘lanadi. Ushbu summa uning balansidan yechib qolinadi.

Agar xizmat narxi abonent (yuridik shaxs yoki hususiy tadbirkor) tomonidan 14 kun davomida to‘lanmasa, Kompaniya abonent bilan tuzilgan shartnomani bekor qilishga va raqamni sotuvga chiqarib yuborishga haqli.

  • Agar alohida toifadagi raqam egasi o‘zgarayotgan bo‘lsa, uning yangi egasi “Raqam egasini o‘zgartirish” xizmati bo‘yicha haq va alohida toifadagi raqam haqini (1 jadvalda ko'rsatilgan) to‘laydi.
  • Agar alohida toifadagi raqam avval chegirmalar bilan yoki aksiyalar davomida ulangan bo‘lsa, uning yangi egasi “Raqam egasini o‘zgartirish” xizmati bo‘yicha haq va alohida toifadagi raqam haqini (1  jadvalda ko‘rsatilgan) to‘laydi. Bunday holatda raqamning yangi egasiga aksiyalar shartlari amal qilmaydi. “Chiroyli raqamlarga super chegirmalar” aksiyasi bundan mustasno.
  • Agar alohida toifadagi raqam hozirda bo‘layotgan aksiyalar davomida ulangan va uning egasi o‘zgarayotgan bo‘lsa, uning yangi egasi “Raqam egasini o‘zgartirish” xizmati bo‘yicha haq va alohida toifadagi raqam haqini (1  jadvalda ko‘rsatilgan) to‘laydi. Bunday holatda raqamning yangi egasiga aksiyalar shartlari amal qilmaydi.
  • “Raqam egasini o‘zgartirish” xizmati quyidagi holatlarda taqdim ETILMAYDI:
  • Agar raqamning avvalgi egasi raqam haqini to‘laligicha to‘lamagan bo‘lsa (“Alohida toifadagi raqam haqini qismlarga bo‘lib to‘lash” xizmati bo‘yicha);
  • Egasi o‘zgarayotgan raqam balansi manfiy bo‘lsa;
  • Raqamni tutgan va tutmoqchi bo‘lgan abonentlarning nomiga olingan boshqa raqamlar balanslari manfiy bo‘lsa;
  • Egasi o‘zgarayotgan raqam yoki uning egasiga olingan boshqa raqamlar GSM-shlyuzlarda ishlatilayotgan bo‘lsa;
  • Agar raqamni tutgan yoki tutmoqchi bo‘lgan abonent O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yoki vaqtincha ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsa.
  • Agar "Raqamni tiklash" xizmati ulangan paytdan to'liq 90 kalendar kuni o'tmagan bo'lsa. 

    Yuridik shaxsdan yuridik shaxsga qayta rasmiylashtirish uchun zarur hujjatlar

    Amaldagi abonent:

    1. Rahbarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatning (passport; ID karta) asl nusxasi.

    2. Imzolovchi tashkilotning bevosita vakili bo‘lgan vaziyatda imzolash huquqini beruvchi Ishonchnoma, ishonchli vakilning shaxsini tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasi, rahbar pasportining nusxasi.

    3. Raqam egasini yuridik shaxsga o‘zgartirish blanki.


       Yangi abonent  – yuridik shaxs:

    1. Ro‘yxatdan o‘tganlik haqidagi Guvohnoma (Guvohnoma).

    2. Rahbarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatning (passport; ID karta) asl nusxasi.

    3. Imzolovchi tashkilotning bevosita vakili bo‘lgan vaziyatda imzolash huquqini beruvchi Ishonchnoma, ishonchli vakilning shaxsini tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasi, rahbar pasportining nusxasi.

    4. Egasi o‘zgartirilayotgan raqamni ulashga blank.

     Yuridik shaxsdan jismoniy shaxsga qayta rasmiylashtirish uchun zarur hujjatlar

    Amaldagi abonent:

    1. Rahbarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatning (pasport; ID karta) asl nusxasi.

    2. Imzolovchi tashkilotning bevosita vakili bo‘lgan vaziyatda imzolash huquqini beruvchi Ishonchnoma, ishonchli vakilning shaxsini tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasi, rahbar pasportining nusxasi.

    3. Raqam egasini jismoniy shaxsga o‘zgartirish blanki, ikki nusxada.


       Abonent – jismoniy shaxs:

    1. Jismoniy shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjatning (passport; ID karta) asl nusxasi.

Ro'yxatga qaytish