Xizmatni quyidagicha faollashtirish mumkin:
Yuridik shaxslar xizmatni faollashtirish uchun yozma ariza bilan murojaat qilishlari yoki VM (Virtual menejer) orqali amalga oshirishlari mumkin.
Shartlar:
- «Tungi DRIVE 1» xizmati uchun haq xizmat amal qiladigan bir davr uchun bir marta undiriladi. Agar abonent xizmatning yana bir tungi davrda amal qilishini istasa, ulanish takroran amalga oshirilishi kerak. Xizmatning amal qilish muddati faollashtirish vaqtidan boshlab 24 soatni tashkil qiladi;
- «Tungi DRIVE 7» va «Tungi DRIVE 30» opsiyalari uchun haq bir marta undiriladi. Xizmatning amal qilish muddati opsiya ulangan vaqtdan boshlab tegishlicha 7 va 30 sutkani tashkil etadi;
- bir vaqtning o‘zida uchta opsiyadan faqat bittasi ulanishi mumkin;
- «Tungi DRIVE» xizmatiga «Absolut»dan boshqa barcha tarif rejalarining abonentlari ulanishi mumkin;
- siz sotib olgan internet-to‘plamlar va tarif rejalari doirasidagi to‘plamlar bo‘yicha megabaytlar «Tungi DRIVE 1», «Tungi DRIVE 7» va «Tungi DRIVE 30» xizmatlaridan foydalanilayotganda (soat 0:00dan 8:00gacha) kamaymaydi;
- «Tungi DRIVE» xizmatini ulash uchun abonentning balansida mablag‘ bor bo‘lishi kerak;
- «Tungi DRIVE» xizmati faqat bandlanmagan holatda ishlaydi.;
- Tarif o‘zgarganda ham «Tungi DRIVE» xizmati saqlanib qoladi;
- Xizmat faqat O‘zbekiston hududida amal qiladi;
- «Tungi DRIVE» xizmati to‘g‘ri ishlashi uchun joriy sessiyani to‘xtatib, soat 00:00dan keyin yangisini boshlash kerak. Aks holda «Tungi DRIVE» to‘g‘ri ishlashi kafolatlanmaydi;
- «Tungi DRIVE» xizmati o‘chiriladigan hollarda narxlar to‘g‘ri chiqarilishi uchun dastlab barcha faol Internet sessiyalar yakunlanishi zarur;
- Internetdan foydalanilayotganda har 60 daqiqada ulanish uzilib, sessiya yangilanadi;
- Soat 0:00dan 8:00gacha bo‘lgan davrda «Tungi DRIVE» xizmati o‘chirilgan taqdirda, Internet-trafik tarif rejasiga muvofiq narxlana boshlaydi yoki Internet-to‘plamni sarflaydi (agar bor bo‘lsa).