Biz ijtimoiy tarmoqlarda

VoLTE (Voice over LTE)

VoLTE – qo‘ng‘iroqlar uchun LTE texnologiyasidan foydalanish imkoniyatini taqdim qiluvchi texnologiya: ovozli xabarlar ma’lumotlar to‘plamlari ko‘rinishida uzatiladi. Bu yuqori tezlikda qo‘ng‘iroq qilib tushish mumkin bo‘lgan aloqa sifatining yangi shaklidir. Qo‘ng‘iroqni amalga oshirish uchun ikkala muloqotchilar ham VoLTE qo‘llab-quvvatlaydigan qurilmalar va ulangan «VoLTE» xizmatiga ega bo‘lishlari kerak.

ViLTE – LTE tarmog‘ida abonentlar o‘rtasida tashqi ilovalardan foydalanmagan holda, videoqo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish imkoniyatini taqdim qiluvchi texnologiya. Qo‘ng‘iroqni amalga oshirish uchun ikkala muloqotchilar ham ViLTE qo‘llab-quvvatlaydigan qurilmalar va ulangan «VoLTE» xizmatiga ega bo‘lishlari kerak.

Xizmat faqat ushbu texnologiyani qo‘llab-quvvatlaydigan qurilmalarda ishlaydi*.

*Texnologiya ishlashi uchun VoLTE/ViLTE qo‘llab-quvvatlaydigan smartfon bo‘lishi kerak. Texnologiyani smartfon sozlamalarida faollashtirish kerak.

Muhim! Ayrim qurilmalardagi texnik xususiyatlar sababli, VoLTE xizmati faol bo‘lganda favqulloda xizmatlarning qisqa raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishning imkoniyati mavjud bo‘lmasligi mumkin.

Favqulloda xizmatlarga qo‘ng‘iroq qilib tushish imkoniyati mavjud bo‘lmaganda, VoLTE texnologiyasini smartfon sozlamalarida o‘chirish kerak. 

Foydalanish imkoniyati: Xizmatdan operatorning O‘zbekiston Respublikasi hududidagi LTE tarmog‘ining amal qilish hududida foydalanish imkoniyati mavjud.

Yuridik shaxslar: Xizmatni yozma ariza asosida, Virtual menejer orqali ulash imkoniyati mavjud.

Qanday ulash mumkin?

Xizmatni Mobiuz mobil ilovasida ulash imkoniyati mavjud

Ulashning narxi qancha?

Xizmatni ulashning narxi: 0 so‘m

Kiruvchi va chiquvchi qo‘ng‘iroqlar tarif rejasi bo‘yicha belgilangan qiymatlar bo‘yicha narxlanadi.

Izohlar:

  • «VoLTE» xizmatini ulash uchun «4G LTE» xizmati mavjud bo‘lishi shart
  • «VoLTE» xizmatidan foydalanish uchun abonent Mobiuz LTE qamrovi hududida bo‘lishi kerak
  • Abonentda bloklash mavjud bo‘lganda «VoLTE» xizmatidan foydalanish imkoniyati mavjud emas.
  • «VoLTE» xizmati bilan ovozli chaqiriqlarni Mobiuz LTE tarmog‘ining butun qamrov hududida amalga oshirish imkoniyati mavjud
  • «VoLTE» xizmati bilan ovozli chaqiriqlarda daqiqalar tarif rejasi va daqiqalar to‘plami doirasida yoki to‘plamdan tashqari sarflash uchun o‘rnatilgan narxda sarflanadi
  • «VoLTE» xizmati bilan ovozli chaqiriqlarda tarif rejasi doirasidagi MB hajmi, MB to‘plami va internet-trafik sarflanmaydi
  • Abonent suhbat paytida Mobiuz LTE qamrov hududidan chiqgan holatda, u qo‘ng‘iroq uzilishsiz avtomatik ravishda 2G/3G tarmog‘iga o‘tadi
  • «VoLTE» xizmatidan roumingda foydalanish imkoniyati mavjud emas
  • «VoLTE» xizmati va «Konferens aloqa» bir-birini istisno qiladi. VoLTE xizmatini ulash «Konferens aloqa» xizmatining o‘chirilishiga olib keladi
  • USSD-so‘rovlarni amalga oshirishda abonent 2G/3G tarmog‘iga o‘tadi
KO‘P BERILADIGAN SAVOLLAR
VoLTE/ViLTE qanday afzalliklari mavjud?
  • ulanishning yuqori tezligi (2 soniyagacha)
  • ma’lumotlarni uzatishdan uzilishsiz va tezlikni tushurmagan holda foydalanish imkoniyati
  • ovozni uzatishning yuqori sifati
  • fon shovqinining past darajasi
  • batareyka quvvatining tejalishi (2G/3G/LTE tarmoqlari o‘rtasida o‘tish zaruriyati bo‘lmaganligi sababli)
VoLTE texnologiyasidan qaysi telefonlarda foydalanish mumkin?

VoLTE texnologiyasini qo‘llab-quvvatlovchi smartfonlarda.

Smarfonda VoLTE qanday sozlash mumkin?

VoLTE ulash uchun smartfonda oxirgi rasmiy DT versiyasi o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.

IOS smartfonlarida: Sozlamalar (Nastroyki) Uyali aloqa (Sotovaya svyaz) Ma’lumotlar parametrlari (Parametri dannix) Ovoz va ma’lumotlar (Golos i dannie)«LTE, VoLTE yoq.» yoqish (Vklyuchit «LTE, VoLTE vkl.»);

Android smartfonlarida: Sozlamalar (Nastroyki) Mobil tarmoq (Mobilnaya set) Mobil ma’lumotlarni uzatish (Mobilnaya peredacha dannix) VoLTE chaqiriqlari (Vizovi VoLTE) Yoqish (Vklyuchit)

Apple

Sozlamalar (Nastroyki) Uyali aloqa (Sotovaya svyaz) Parametrlar (Parametri) Ovoz va ma’lumotlar (Golos i dannie)VoLTE

Xiaomi

Sozlamalar (Nastroyki) → SIM-kartalar va mobil tarmoqlar (SIM-karti i mobilnie seti)→SIM-kartalar sozlamalari (Nastroyki SIM-kart) → sizning SIM-karta (vasha SIM-karta) → VoLTE va Wi-Fi orqali chaqiriqlarni yoqish (vklyuchit VoLTE i vizovy cherez Wi-Fi ). Agar bunday bandlar bo‘lmasa, qo‘ng‘iroqlar uchun standart ilovada qo‘ng‘iroq uchun telefon raqamini terishga o‘ting va *#*#86583#*#* kodini kiriting. Agar Siz hamma amallarni to‘g‘ri qilgan bo‘lsangiz, ekranning pastki qismida «Volte carrier check was disabled» yozuvini ko‘rasiz. Bu VoLTE xizmatining bloklanishi o‘chirilganini angalatadi.

HONOR

Sozlamalar (Nastroyki) Mobil tarmoq (Mobilnaya set) Mobil ma’lumotlarni uzatish (Mobilnaya peredacha dannix) VoLTE chaqiriqlari (Vizovi VoLTE)

VoLTE xizmati bilan qo‘ng‘iroqlarda MB sarflanadimi?

Qo‘ng‘iroqlarda daqiqalar tarif rejasi va daqiqalar to‘plamlari bo‘yicha yoki belgilangan hajmdagi daqiqalardan tashqari sarflash uchun o‘rnatilgan narxlarda sarflanadi. Internet-trafik sarflanmaydi.

VoLTE/ViLTE qayerda amal qiladi?

VoLTE/ViLTE texnologiyasidan Mobiuz LTE tarmog‘ining butun qamrov hududida foydalanish imkoniyati mavjud.

Qanday shartlarda xizmat ishlamasligi mumkin?

Smartfon VoLTE/ViLTE texnologiyasini qo‘llab-quvvatlamaydigan holatda.

Suhbat paytida LTE hududidan chiqib ketilgada nima bo‘ladi?

Chaqirayotgan abonent qo‘ng‘iroq paytida Mobiuz LTE tarmog‘ini tark etgan holatda, u avtomatik ravishda 3G tarmog‘iga o‘tadi va qo‘ng‘iroq uzilishsiz davom etadi.

Ro'yxatga qaytish