Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Ma'lumot markazi

Mobiuz kompaniyasi o‘z mijozlariga yangi «0890 Ovozli yordamchi» avtomatlashgan xizmat ko‘rsatish tizimidan taqdim etadi, unda foydalangan kompaniya abonеntlari mustaqil tarzda:

  • kompaniya yangiliklaridan xabardor bo‘lish;
  • xizmatlar, shuningdek, qo‘shimcha xizmatlarga ulanish yoki bekor qilish haqida axborotga ega bo‘lish;
  • tarif-rejalari va o‘z tarif-rejasini almashtirish haqida ma’lumotnoma olish;
  • to‘lov usullari va balans haqida haqida ma’lumotnoma olish;
  • savdo va xizmat ko‘rsatish markazlari haqida ma’lumotnoma olish imkonini beradi.

Ovozli yordamchi xizmatidan foydalanish uchun, abonеnt 0890 raqamiga qo‘ng’iroq qilib, tizimda ko‘rsatilgan amallarga rioya etgan holda, kerakli punktni tanlab olish zarur. Ovozli yordamchi ikki tilda taqdim etiladi va 0890 raqamiga qo‘ng‘iroq qilinishi bilan abonеntga darhol muloqot uchun – o‘zbеk va rus tillari taqdim etiladi.

Shartlari

Mobiuz tarmog’i ichida 0890 raqamiga qo‘ngiroq qilish bepul, hatto hisob faol holatda bo'lmaganda ham.

Ro'yxatga qaytish