EHA platformasi orqali ariza rasmiylashtirish
Xizmatlarni qo‘shish bo‘yicha arizaEHA platformasi orqali ariza rasmiylashtirish
Xizmatlarni qo‘shish bo‘yicha arizaEHA platformasi orqali ariza rasmiylashtirish
Xizmatlarni qo‘shish bo‘yicha arizaEHA platformasi orqali ariza rasmiylashtirish
Xizmatlarni qo‘shish bo‘yicha arizaEHA platformasi orqali ariza rasmiylashtirish
Xizmatlarni qo‘shish bo‘yicha arizaTo`plam qoldig`ini bilish uchun *102# USSD-buyrug`ini tering yoki 616019 raqamiga 3ni yuboring.
To’plam narxi faollashtirilganda yechib olinadi.
Shartlar:
- Internet-to’plamlardan foydalanish uchun «Mobil internet» xizmati yoqilgan bo’lishi kerak.
- Tegishli hajmga ega internet-to’plam 1 sutka davomida, abonent vaqtinchalik blokirovka qilingan muddatdan qat’iy nazar amal qiladi.
- Bir nechta to’plamlarni harid qilish o’rtasidagi farq 10 daqiqadan kam bo’lmasligi kerak.
- Barcha sotib olingan to’plamlarning hajmi qo’shiladi, ularning foydalanish muddati esa har bir yangi to’plam faollashtirilgan kundan boshlab 1 sutkaga uzaytiriladi.
- Sutkalik internet-to’plamni harid qilish oylik internet-to’plamdan foydalanish muddatiga ta’sir qilmaydi.
- Belgilangan trafik yakunlansa yoki to’plamning amal qilish muddati o’tsa, trafik abonent foydalanayotgan tarif bo’yicha hisoblanadi.
- Bir vaqtning o’zida tarif rejasi doirasidagi foydalanilmagan megabayt hamda sutkalik internet-to’plam mavjud bo’lsa, birinchi bo’lib sutkalik internet-to’plam doirasidagi megabaytlar sarflanadi.
- Abonentda bittadan ziyod turdagi internet-to’plam mavjud bo’lsa, ular quyidagi navbat bilan sarflanadi:
sutkalik Internet-to‘plam -> TR doirasidagi to’plam -> «OnNet» mobil interneti -> Oylik internet-to’plamlar - 00:00dan 8:00gacha bo’lgan davrda internet-to’plamlar quyidagi navbat bilan sarflanadi:
- Tungi internet-to’plamlar -> Kunlik Internet-to‘plam -> TR doirasidagi to’plam -> «OnNet» mobil interneti -> Oylik internet-to’plamlar
- Tarif rejasi o’zgartirilganda to’plamlarni taqdim etish shartlari o’zgarmaydi.
- Internet-to‘plamlarni xarid qilgandan so‘ng ular to‘g‘ri narxlanishi uchun telefon/planshet yoki 3G modemni o‘chirib-yoqish kerak.
- To’plamlar abonent O’zbekiston Respublikasi hududida «UMS» MChJ tarmogida bo’lgandagina amal qiladi.
Narxlar barcha soliqlarni hisobga olgan xolda ko’rsatilgan.