Virtual menejer – Siz qayerda bo‘lsangiz ham korporativ aloqani, internetga kirish imkoniyati mavjud bo‘lgan har qanday qurilmadan, 24/7 tarzida boshqarishingizga imkon beruvchi bepul veb- servis. | |
Abonent bo‘yicha ma’lumotni ko‘rish Virtual menejer orqali abonent haqidagi ma’lumotni ko‘rish mumkin. To‘plamlar bo‘yicha qoldiqlar, hisoblarning holatlari, o‘rnatilgan tariflar va ulangan xizmatlar to‘g‘risida ma’lumot olish imkoniyati mavjud. |
|
Hujjatlarga buyurtma bering Buxgalteriya uchun hisob, qo‘ng‘iroqlar haqidagi batafsil ma’lumot kerak bo‘lganda, ularga Virtual menejer orqali har qanday formatda buyurtma bering. Moliyaviy hujjatlarni oxirgi uch yil uchun olish mumkin. |
|
Bloklashlarni boshqaring Xodimingiz ishdan bo‘shadimi yoki telefonini yo‘qotib qo‘ydimi — Virtual menejerda bir necha soniyada raqamni bloklash va blokdan chiqarish mumkin. |
|
Xizmatlarni boshqaring Virtual menejer orqali xizmatlarni ulash va o‘chirish mumkin. Agar xodimda internet yoki daqiqalar tugagan bo‘lsa, unga qo‘shimcha to‘plamni ulang. Zarur bo‘lganda tarif rejasini o‘zgartirish. Raqamlar va hisoblar bilan bog‘liq bo‘lgan yana ko‘p boshqa xizmatlar. |
|
Hisoblarni boshqaring Siz Virtual menejerda pul mablag‘larini o‘z shaxsiy hisoblaringiz o‘rtasida, kompaniya ofisiga xatlar va murojaatlarsiz o‘tkazishingiz mumkin. |
|
Qanday ulash mumkin: Xizmatni ulash uchun yuridik shaxs vakili tomonidan Mobiuz ofisiga ulanish uchun yozma ariza va «Virtual menejer» tizimi tomonidan xizmat ko‘rsatish qoidalari topshirilishi kerak. |