Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Raqamni saqlab turish

«Raqamni saqlab turish» xizmati Mobiuz xizmatlaridan foydalanishni cheklash imkonini beradi. Uning amal qilish muddati davomida tarif rejasi doirasida abonent to‘lovi, shuningdek boshqa davriy xizmatlar uchun haq undirilmaydi.

Xizmatni ulash/o‘chirish — 0 so‘m.

 

Xizmat

Amal qilish muddati

Abonent to‘lovi

Raqamni saqlab turish 90 kungacha

1 kundan 89 kungacha (shu jumladan)

Kuniga 450 so‘m

Raqamni saqlab turish 3 oy

90 kun

15 000 so‘m

Raqamni saqlab turish 6 oy

180 kun

29 000 so‘m

Raqamni saqlab turish 12 oy

365 kun

49 000 so‘m

Xizmatni boshqarish (ulash/o‘chirish):

  • Virtual menejer, Mobiuz shaxsiy ofisida

 

 Shartlar:

  • «Raqamni saqlab turish 90 kungacha», «Raqamni saqlab turish 3 oy», «Raqamni saqlab turish 6 oy» yoki «Raqamni saqlab turish 12 oy» xizmatlarini, balansda xizmat uchun haqni yechib olishga yetarli mablag‘ bo‘lganda ulash imkoniyati mavjud.

  • «Raqamni saqlab turish 90 kungacha» har kunlik xizmati ulangandan keyin 1 kundan 89 kungacha (shu jumladan) aloqa xizmatlari uchun hisoblashlar amalga oshirilmaydi. «Raqamni saqlab turish» xizmati uchun 450 so‘m miqdoridagi abonent to‘lovi, xizmat o‘chirilguncha har kuni yechib olinadi.

  • «Raqamni saqlab turish 3 oy» xizmati ulangandan keyin 90 kun davomida, aloqa xizmatlari uchun hisoblashlar amalga oshirilmaydi. «Raqamni saqlab turish» xizmati uchun 15 000 so‘m miqdoridagi abonent to‘lovi bir marta, ulash paytida yechib olinadi.

  • «Raqamni saqlab turish 6 oy» xizmati ulangandan keyin 180 kun davomida, aloqa xizmatlari uchun hisoblashlar amalga oshirilmaydi. «Raqamni saqlab turish» xizmati uchun 29 000 so‘m miqdoridagi abonent to‘lovi bir marta, ulash paytida yechib olinadi.

  • «Raqamni saqlab turish 12 oy» xizmati ulangandan keyin 365 kun davomida, aloqa xizmatlari uchun hisoblashlar amalga oshirilmaydi. «Raqamni saqlab turish» xizmati uchun 49 000 so‘m miqdoridagi abonent to‘lovi bir marta, ulash paytida yechib olinadi.

  • «Raqamni saqlab turish» xizmatini amal qilish muddati tugashidan oldin, istalgan kunda o‘chirish imkoniyati mavjud. Xizmat abonent tomonidan mustaqil ravishda, muddatidan oldin o‘chirilganda, xizmat uchun yechib olingan mablag‘lar qayta hisoblanmaydi va qaytarilmaydi.

  • Bloklash xizmat mustaqil ravishda o‘chirilgandan keyin yoki ulangandan keyin to‘liq 89, 90, 180 yoki 365 kun o‘tgandan keyin yechiladi. Raqamda belgilangan qoidalar qo‘llanilishni boshlaydi — TR bo‘yicha abonent to‘lovini undirish va agar ular yoqilgan bo‘lsa, davriy xizmatlar uchun to‘lovlar.

  • «Raqamni saqlab turish 90 kungacha» xizmatining amal qilish muddati davomida abonentning balansida xizmat uchun abonent to‘lovini (450 so‘m/kuniga) yechib olish uchun yetarli mablag‘ bo‘lmasa, raqam qisman bloklanadi.

  • Abonent raqamida bir vaqtning o‘zida bittadan ko‘p xizmatning («Raqamni saqlab turish 90 kungacha», «Raqamni saqlab turish 3 oy», «Raqamni saqlab turish 6 oy» yoki «Raqamni saqlab turish 12 oy») mavjud bo‘lishi mumkin emas.


Ro'yxatga qaytish