Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Tariflar
Alohida toifadagi raqam haqini qismlarga bo‘lib to‘lash
so'm
Tarif haqida batafsil

Toifa

10 oy davomida “Alohida toifadagi raqam haqini qismlarga bo‘lib to‘lash” xizmati bilan ulash narxi (1 oyga)

“Alohida toifadagi raqam haqini qismlarga bo‘lib to‘lash” xizmati bilan raqamning 10 oy uchun umumiy qiymati

Silver

 
    92 400 so‘m 924 000 so‘m 

Gold

220 000 so‘m

2 200 000 so‘m

Super gold

550 000 so‘m

5 500 000 so‘m

Platinum Light

1 100 000 so‘m

11 000 000 so‘m

Platinum

2 750 000 so‘m

27 500 000 so‘m

Platinum Plus

4 400 000 so‘m

44 000 000 so‘m

Super platinum

5 500 000 so‘m

55 000 000 so‘m

Super platinum+

11 000 000 so‘m

110 000 000 so‘m




«Alohida toifadagi raqam haqini 2 yil qismlarga bo‘lib to‘lash» xizmati uchun narxlar:

 

Toifa

Alohida toifadagi raqamni «Alohida toifadagi raqam haqini qismlarga bo‘lib to‘lash» xizmati bilan 2 yil (24 oy) davomida ulash narxi

Alohida toifadagi raqamni «Alohida toifadagi raqam haqini qismlarga bo‘lib to‘lash» xizmati bilan ulashning 2 yil (24 oy) uchun umumiy qiymati 

Silver

43 000 so‘m

1 032 000 so‘m

Gold

104 000 so‘m

2 496 000 so‘m

Super gold

260 000 so‘m

6 240 000 so‘m

Platinum Light

520 000 so‘m

12 480 000 so‘m

Platinum

1 300 000 so‘m

31 200 000 so‘m

Platinum Plus

2 050 000 so‘m

49 200 000 so‘m

Super platinum

2 600 000 so‘m

62 400 000 so‘m

Super platinum+

5 200 000 so‘m

124 800 000 so‘m

 

Shartlar:

- «Alohida toifadagi raqam haqini qismlarga bo‘lib to‘lash» va «Alohida toifadagi raqam haqini 2 yil qismlarga bo‘lib to‘lash» xizmatlaridan Mobiuz ofislari va tijoriy dilerlarning ofislarida foydalanish imkoniyati mavjud.

- Barcha narxlar QQS bilan ko‘rsatilgan.

- Raqam amaldagi «Alohida toifadagi raqamlar» niqoblar jadvaliga muvofiq, tasdiqlangan toifa va niqobdan kelib chiqqan holda tanlanadi.

- Xizmatga jismoniy va yuridik shaxslar ulanishlari mumkin.

- Tarif rejasi har qanday boshqa tarifga o‘zgartirilganda “Alohida toifadagi raqam haqini qismlarga bo‘lib to‘lash” xizmati saqlanib qoladi (ushbu xizmat uchun keyinchalik hisoblanishlar bilan).

- Raqamni ulash narxi xizmatni ulash paytida belgilanadi va chegirmalar joriy etilishi va alohida toifadagi raqam narxining o‘zgarishidan qat’iy nazar, xizmat amal qiladigan butun muddat davomida o‘zgarmaydi.

- «Alohida toifadagi raqam haqini qismlarga bo‘lib to‘lash», «Alohida toifadagi raqam haqini 2 yil qismlarga bo‘lib to‘lash» xizmatlari faol bo‘lgan abonent raqamining egasini o‘zgartirish imkoniyati mavjud emas.

Raqamni «Alohida toifadagi raqam haqini qismlarga bo‘lib to‘lash», «Alohida toifadagi raqam haqini 2 yil qismlarga bo‘lib to‘lash» xizmatlari bilan ulagan abonent, xizmatning bo‘lib to‘lashning barcha to‘lanmagan oylari uchun qiymatini muddatidan oldin qoplagandan keyin, uni boshqa abonent nomiga o‘tkazishi mumkin.

- «Alohida toifadagi raqam haqini qismlarga bo‘lib to‘lash»/«Alohida toifadagi raqam haqini 2 yil qismlarga bo‘lib to‘lash» xizmati bilan raqamni ulashning birinchi oy uchun to‘lovi ulanish paytida (ulanish sanasidan qat’iy nazar) to‘liqligicha to‘lanadi. Xizmatning birinchi oyi uchun haqni yechib olish, abonentning yechib olish paytidagi har qanday ijobiy balansida amalga oshiriladi (balansdagi mablag‘ miqdori xizmat qiymatidan kam bo‘lsa, abonent balansi manfiy qiymatni tashkil qiladi).

- Raqamni «Alohida toifadagi raqam haqini qismlarga bo‘lib to‘lash» xizmati bilan ulashning kelgusi 9 oy uchun haqi oyning har birinchi sanasida hisoblanadi (10 oylik bo‘lib to‘lashda); Xizmat uchun yechib olish har qanday ijobiy balansda amalga oshiriladi.

- Raqamni «Alohida toifadagi raqam haqini 2 yil qismlarga bo‘lib to‘lash» xizmati bilan ulashning kelgusi 23 oy uchun haqi oyning har birinchi sanasida hisoblanadi; Xizmat uchun yechib olish har qanday ijobiy balansda amalga oshiriladi.

- Raqam bloklanmagan bo‘lsa, lekin balansdagi mablag‘ «Alohida toifadagi raqam haqini qismlarga bo‘lib to‘lash» yoki «Alohida toifadagi raqam haqini 2 yil qismlarga bo‘lib to‘lash» xizmatlarining qiymatidan kam bo‘lsa, xizmat uchun yechib olish amalga oshiriladi va abonent balansi manfiy bo‘ladi. 

- Har qanday bloklashda bo‘lgan abonent raqamiga «Alohida toifadagi raqam haqini qismlarga bo‘lib to‘lash» yoki «Alohida toifadagi raqam haqini 2 yil qismlarga bo‘lib to‘lash» xizmati uchun ulash qiymati hisoblanmaydi.

- Abonent bir kalendar oyidan ortiq muddat davomida bloklangan bo‘lsa, «Alohida toifadagi raqam haqini qismlarga bo‘lib to‘lash»/«Alohida toifadagi raqam haqini 2 yil qismlarga bo‘lib to‘lash» xizmatining amal qilish muddati, bloklashda bo‘lgan kalendar oylariga mutanosib ravishda uzaytiriladi.

Misol: Abonent iyulda «Alohida toifadagi raqam haqini qismlarga bo‘lib to‘lash» xizmati bilan alohida toifadagi raqamga ulandi. «Alohida toifadagi raqam haqini qismlarga bo‘lib to‘lash» xizmatini o‘chirib tashlash muddati 10 oy, ya’ni xizmat keyingi yilning aprel oyida o‘chirilishi kerak. Abonent balansida iyul, avgust va sentabrda barcha hisoblanishlarni qoplash uchun yetarli mablag‘ bo‘lgan. Biroq 30-sentabrda u balansda mablag‘ yetishmasligi sababli bloklangan va butun oktabr davomida blokda bo‘lib, balansni faqat 1-noyabrda to‘ldirgan. Bunday vaziyatda «Alohida toifadagi raqam haqini qismlarga bo‘lib to‘lash» xizmatini o‘chirish muddati, bloklangan holatda bo‘lgan kalendar oylarining soniga mutanosib ravishda uzaytiriladi va xizmatni o‘chirib tashlash muddati mayga ko‘chiriladi.

 

- Mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma (jismoniy shaxslar uchun – Ommaviy oferta), abonent tomonidan raqamning umumiy qiymati qoplangunga qadar bekor qilinganda – raqam operator ixtiyoriga o‘tadi, «Alohida toifadagi raqam haqini qismlarga bo‘lib to‘lash»/«Alohida toifadagi raqam haqini 2 yil qismlarga bo‘lib to‘lash» xizmati uchun to‘langan pul mablag‘lari qaytarilmaydi.

 

«Haqini bo‘lib to‘lashni muddatidan oldin qoplash» xizmati 

- «Alohida toifadagi raqam haqini qismlarga bo‘lib to‘lash»/«Alohida toifadagi raqam haqini 2 yil qismlarga bo‘lib to‘lash»  xizmatini ulagan abonent, xizmatning barcha to‘lanmagan oylari uchun haqni muddatidan oldin qoplashi mumkin.

-Xizmatdan foydalanish uchun abonent, shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan Mobiuz shaxsiy ofisiga murojaat qilishi va tegishli arizani yozib, haqini qismlarga bo‘lib to‘lashning barcha to‘lanmagan oylari uchun haqini to‘liq hajmda qoplashi kerak.

-  Abonent haqini qismlarga bo‘lib to‘lashning haqini to‘liq qoplamagan holatda  - xizmat taqdim etilmaydi.

- Xizmat «Alohida toifadagi raqam haqini qismlarga bo‘lib to‘lash»/«Alohida toifadagi raqam haqini 2 yil qismlarga bo‘lib to‘lash» xizmatining birinchi oyi (ulangan oy) uchun haq muvaffaqiyatli yechib olingandan keyin taqdim qilinadi. Agar bunday haqni yechib olish amalga oshirilmasa, «Haqini bo‘lib to‘lashni muddatidan oldin qoplash» xizmati taqdim etilmaydi.

- Abonentda «Alohida toifadagi raqam haqini qismlarga bo‘lib to‘lash» 10 oyga xizmati ulangan bo‘lsa, «Haqini bo‘lib to‘lashni muddatidan oldin qoplash» xizmati haqini bo‘lib to‘lashning 10 oylik qiymatidan kelib chiqqan holda taqdim etiladi;

- Abonentda «Alohida toifadagi raqam haqini 2 yil qismlarga bo‘lib to‘lash xizmati ulangan bo‘lsa, «Haqini bo‘lib to‘lashni muddatidan oldin qoplash» xizmati haqini bo‘lib to‘lashning 2 yillik qiymatidan kelib chiqqan holda taqdim etiladi;

- «Haqini bo‘lib to‘lashni muddatidan oldin qoplash» xizmati doirasida, aynan bo‘lib to‘lashning barcha to‘lanmagan oylarining qolgan davrini qoplash imkoniyati mavjud. To‘lanmagan davr uchun qisman qoplashni amalga oshirish imkoniyati – mavjud emas.

Masalan, abonentdagi bo‘lib to‘lashning butun to‘lanmagan davri – 8 oy. «Haqini bo‘lib to‘lashni muddatidan oldin qoplash» xizmati orqali aynan shu muddat uchun to‘lov amalga oshiriladi. To‘lanmagan davrni qisman qoplash (7, 6, 5 yoki h.k. oylar uchun) imkoniyati – mavjud emas.   

 

 

Boshqa tariflar