Biz ijtimoiy tarmoqlarda
«Qulay almashuv» xizmati

Tarif rejangiz daqiqalarini ikki baravar ko‘proq megabaytlarga almashtiring!

Almashuv quyidagi formula orqali amalga oshiriladi:

X daqiqa = 2X MB, bunda:

X – tarif rejasining almashayotgan daqiqalari.

Xizmatni boshqarish yo‘llari:

USSD-kod orqali yoqish: *1110*250#

Xizmat narxi - 0 so'm (har bir almashuv uchun).

Almashish mumkin bo‘lgan to‘plamlar hajmlari:

  • 20 daqiqa => 40 MB;

  • 50 daqiqa => 100 MB;

  • 100 daqiqa => 200 MB;

  • 200 daqiqa => 400 MB;

  • 500 daqiqa => 1000 MB.

  • Erkin almashuv.

 

Shartlar:

  • Xizmat Corporate 40, Corporate 50, Corporate 60 va Corporate 80 tarif rejalari uchun amal qiladi.

  • Almashgandan keyin tarif rejasi bo‘yicha kamida 1 daqiqa qolishi shart, aks holda almashuv xizmatidan foydalanib bo‘lmaydi.

  • Xizmat faqat faol (bandlanmagan) raqamda ishlaydi.

  • "Gap ko‘p" xizmati bo‘yicha taqdim etilgan daqiqalarni almashtirib bo‘lmaydi.
  • Almashuv natijasida olingan megabaytlar tarif rejasining megabaytlariga qo‘shiladi.

  • Almashuv natijasida olingan megabaytlar kelasi oyga o‘tkazilmaydi.

  • Oyning oxirgi sanasi soat 23:00 dan kelasi oyning 1-sanasi soat 01:00 gacha xizmatdan foydalanib bo‘lmaydi.

  • Menyuda «Almashuv tarixi» bo'limi tanlanganda- amalga oshirilgan almashuvlarni ko'rish mumkin.

Ro'yxatga qaytish