Biz ijtimoiy tarmoqlarda
«Menga qo’ng’iroq qil!»

Ushbu xizmat O’zbekistonning barcha uyali aloqa operatorlari va MTS-Rossiya abonentlariga ular qo’ng’iroq qilishlarini iltimos qilib, tez va oson so’rov yuborish imkonini beradi.

So’rov yuborish uchun, qo’yidagi buyruqlarni terish kerak:

*110*abonentning halqaro formatdagi raqami# (O’zbekiston uyali aloqa operatorlari abonentlariga)
*110* 7ХХХХХХХХХХ# (MTS-Rossiya uyali aloqa operatori abonentlariga)

Shundan so’ng, xabar oluvchiga 110 raqamidan «Abonent +998ХХххххххх Sizni qo’ng’iroq qilishingizni iltimos qilyapti» yozuvi bilan SMS-xabari keladi.

Yuborilgan USSD-so’rovga javoban abonent qo’yidagi xabarlarni olishi mumkin:

  • «Xabar +998ХХххххххх raqamiga yuborildi»
  • «Xabar +7ХХХХХХХХХХ raqamiga yuborildi»
  • laquo;Abonent raqamini halqaro formatda ko’rsating»

So’rovlarni nafaqat tarmoq ichida, balki O’zbekistonning barcha uyali aloqa operatorlariga yuborish mumkin – 1 so’rovning narxi 42,10 so'm.

MTS-Rossiya uyali aloqa operatori abonentiga qo’ngiroq qilishini iltimos qilib yuborilgan 1 so’rov narxi 105,26 so'm.

Ro'yxatga qaytish