Biz ijtimoiy tarmoqlarda

5G xizmati

5G o‘zi nima?

5G — internet ishlashining yuqori tezligi va signalni uzatishdagi eng kichik uzilishlar (atigi 1–2 ms) bilan farqlanuvchi, beshinchi avlod mobil aloqa standarti.

5G afzalliklari

  • Ushlanishlarsiz bo‘lgan yuqori tezlikdagi (1 Gbit/soniya gacha) internet
  • Signal barqarorligi
  • Tez javob qaytarish (kam ping)
  • Ko‘proq sondagi qurilmalarni ulash imkoniyati
  • Qurilma batareykasining quvvatini tejash.

Qanday ulash mumkin?

  • Ulash narxi — 0 so‘m
  • Xizmatni yuridik shaxslarga yozma ariza bo‘yicha, Virtual menejer va korporativ USSD-portal orqali ulash imkoniyati mavjud.
  • «5G» xizmatini faollashtirishdan oldin «Mobil internet» xizmatini yoqish zarur
  • Ushbu tarmoqda ishlash uchun smartfon 5G texnologiyasini qo‘llab-quvvatlashi va qurilma DT ishlab chiquvchisi tomonidan ruxsat berilgan kirish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak.

Izohlar:

  • «5G internet-to‘plam (50 000 MB)» internet-to‘plamidan foydalanish uchun «5G» xizmatini faollashtirish zarur.
  • Xarid qilingan «5G internet-to‘plam (50 000 MB)» internet-to`plamlarning hajmi qo`shiladi. Foydalanish muddati esa oxirgi xarid qilingan to`plam muddati tugaguncha uzaytiriladi va 30 kunni tashkil etadi. Boshqa turdagi internet- to‘plamlar bilan qo`shilmaydi.
  • «5G internet-to‘plam» internet-to‘plami Toshkent shahridagi 5G tarmog‘i hududida sarflanishning birinchi ustuvorligiga ega.
  • «5G internet-to‘plam (50 000 MB)» xizmati doirasidagi belgilangan trafik tugaganidan keyin, trafik belgilangan narxlar yoki boshqa to‘plamlar bo‘yicha narxlanadi.
  • «5G» xizmati va «5G internet-to‘plam» to‘plami abonent O‘zbekiston Respublikasi hududidagi «UMS» MChJ tarmog‘ida, Toshkent shahridagi 5G tarmog‘i hududida bo‘lgandagina amal qiladi.
Ro'yxatga qaytish