«Inspektor Ovoz» xizmati to‘langan daqiqalar hajmi (tarif rejasiga kiritilgan daqiqalar to‘plami, xarid qilingan daqiqalar to‘plamlari), abonent tomonidan joriy kalendar oyi davomida sarflab bo‘lingandan keyin, chiquvchi ovozli aloqani (shu jumladan korporativ guruh ichida) bloklab qo‘yadi.
«Inspektor – Ijtimoiy tarmoqlar» xizmati internet trafikning ijtimoiy tarmoqlarga sarflanishini nazorat qilish uchun mo‘ljallangan.
«Inspektor» xizmati, abonent tomonidan joriy oy uchun haq to‘langan internet-trafik hajmi (tarif rejasiga kiritilgan MB to‘plami, xarid qilingan internet-to‘plamlar) sarflangandan keyin, internetga kirishni bloklab qo‘yadi.
«Inspektor – Foydalanuvchilarning yopiq guruhi» xizmati (FYG) har doim aloqada bo‘lishi talab etiladigan, ko‘p sonli xodimlari bo‘lgan tashkilotlar (qo‘riqlash tashkilotlari, shaharning turli xil tumanlarida servis xizmat ko‘rsatishni amalga oshiruvchi kompaniyalar, ko‘p sonli xat tashuvchilar va haydovchilarga ega bo‘lgan korxonalar v.h.k.) uchun mo‘ljallangan.