Biz ijtimoiy tarmoqlarda
«Inspektor» xizmati

             «Inspektor» xizmati, abonent tomonidan  joriy oy uchun haq to‘langan internet-trafik hajmi (tarif rejasiga kiritilgan MB to‘plami, xarid qilingan internet-to‘plamlar) sarflangandan keyin, internetga kirishni bloklab qo‘yadi.

           Xizmatni ulashning narxi – 0 so‘m.

  • «Inspektor» xizmati tarif rejasi o‘zgartirilganda saqlanib qoladi. Xizmat abonent xohishiga ko‘ra o‘chirilmagunga qadar saqlanib qoladi.

  • Agar abonentda internet-trafikni sarflashga taqiq yoqilgan va tarif rejasi o‘zgartirilgan bo‘lsa – internetga kirishga taqiq xizmati o‘chirilmasa, tarif rejasi o‘zgartirilganda ham cheklov oy oxirigacha saqlanib qoladi.

  • «Inspektor» xizmati ulanganda internet-to‘plamlarni ulash, bonusli to‘plamlarni olish imkoniyati mavjud; 

  • «Inspektor» xizmati abonent balansidan mablag‘ yechilishni boshlagan paytdan keyin, 10 daqiqa ichida yoqiladi. Shu sababli, xizmat yoqilgunga qadar belgilangan miqdordan tashqari ishlatilgan trafik, tarif rejasining shartlariga muvofiq ravishda narxlanadi.

  • "Inspektor" xizmati ulanganda, "Cheksiz" xizmati ishlamaydi.   

  • «Mobil yordamchi» xizmati o‘chirilganda, «Inspektor» xizmati ishlamaydi.

  

Ro'yxatga qaytish