«Inspektor – Foydalanuvchilarning yopiq guruhi» xizmati (FYG) har doim aloqada bo‘lishi talab etiladigan, ko‘p sonli xodimlari bo‘lgan tashkilotlar (qo‘riqlash tashkilotlari, shaharning turli xil tumanlarida servis xizmat ko‘rsatishni amalga oshiruvchi kompaniyalar, ko‘p sonli xat tashuvchilar va haydovchilarga ega bo‘lgan korxonalar v.h.k.) uchun mo‘ljallangan. «Inspektor – Foydalanuvchilarning yopiq guruhi» xizmati yordamida tashkilot bir vaqtning o‘zida 2 ta masalani hal qilishi mumkin: xodimlarni manfaatli shartlarda aloqa bilan ta’minlash va xizmatdan tashqari suhbatlarning kafolatlangan tarzda bo‘lmasligi.
FYGga kiruvchi abonentlar 2 toifaga bo‘linadi: «yopiq» va «imtiyozli».
«Yopiq» abonentlar faqat o‘z FYG doirasida qo‘ng‘iroqlar amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘lishadi va ularga maxsus ishlab chiqilgan tarif rejasi bo‘yicha xizmat ko‘rsatilib, 15 000 so‘m evaziga «tarmoq ichida 15000 daqiqa» to‘plami ulanadi. Bunda faqat chiquvchi qo‘ng‘iroqlar hisobga olinadi, kiruvchi qo‘ng‘iroqlar bepul.
«Imtiyozli» abonentlarga yuridik shaxslar uchun mo‘ljallangan, amaldagi tarif rejarli bo‘yicha xizmat ko‘rsatiladi va oddiy abonentlardan faqat FYGga kirish imkoniyati mavjud ekanligi bilan farq qiladi.
Xizmatni ulash narxi – 0 so‘m.
Xizmatni ulash uchun yuridik shaxsning vakili nomidan Mobiuz ofisiga yozma ariza topshirish kerak.