«Inspektor Ovoz» xizmati to‘langan daqiqalar hajmi (tarif rejasiga kiritilgan daqiqalar to‘plami, xarid qilingan daqiqalar to‘plamlari), abonent tomonidan joriy kalendar oyi davomida sarflab bo‘lingandan keyin, chiquvchi ovozli aloqani (shu jumladan korporativ guruh ichida) bloklab qo‘yadi.
Xizmatni ulashning narxi – 0 so‘m.
-
Ushbu xizmat tarif rejasi o‘zgartirilganda saqlanib qoladi. Xizmat abonent xohishiga ko‘ra o‘chirilmagunga qadar saqlanib qoladi.
-
Agar abonentda daqiqalarni sarflashga taqiq yoqilgan va tarif rejasi o‘zgartirilgan bo‘lsa - ovozli aloqaga taqiq xizmati o‘chirilmasa, tarif rejasi o‘zgartirilganda ham cheklov oy oxirigacha saqlanib qoladi.
-
«Inspektor Ovoz» xizmati ulanganda, daqiqa to‘plamlarini ulash va bonusli to‘plamlarni olishni, chiquvchi aloqaga cheklov o‘rnatilishidan oldin amalga oshirish mumkin;
-
«Inspektor Ovoz» xizmati ulanganda, «Inspektor» xizmatidan foydalanish mumkin;
-
«Inspektor Ovoz» xizmati ulanganda, “Gap ko‘p” xizmatidan foydalanish, xalqaro qo‘ng’iroqlarni amalga oshirish imkoniyati mavjud emas.
-
«Inspektor Ovoz» xizmatini yozma so‘rov bo‘yicha yoki KIY orqali ulash mumkin.
-
«Mobil yordamchi» xizmati o‘chirilganda, «Inspektor Ovoz» xizmati ishlamaydi.