Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Safar oldidan

Xorijga safarlar chog‘ida Mobiuz mobil aloqa xizmatlaridan foydalanish uchun – «Light Rouming», «Business Rouming» yoki «SMS Rouming» xalqaro rouming xizmatlaridan birini faollashtirish zarur.

ROUMINGDA MOBIL INTERNET (GPRS/3G/LTE) XIZMATLARI

Roumingda mobil internet xizmatlaridan foydalanish uchun raqamingizda «Mobil internet» xizmati ulanganligi va qurilmangizda APN sozlamalari to‘g‘ri kiritilganiga ishonch hosil qilish kerak. APN avtomatik ravishda sozlash bo‘yicha ma’lumotlarni quyidagi havola bo‘yicha olish mumkin.

Agar Sizning qurilma avtomatik sozlamalarni qo‘llab-quvvatlamasa, qo‘shimcha ma’lumot olish uchun Aloqa markaziga murojaat qilish kerak.

Rouming-hamkorlarning tarmoqlarida 4G/LTE xizmatidan foydalanish uchun 4G LTE tarmog‘iga kirish xizmatini ulash kerak.

ROUMINGDA BO‘LGANDA

Tarmoqda qanday qilib ro‘yxatdan o‘tish mumkin?

Odatda, rouming-hamkorning tarmog‘ida ro‘yxatdan o‘tish telefon tomonidan avtomatik tarzda amalga oshiriladi. Agar tarmoqda ro‘yxatdan avtomatik tarzda o‘tilmagan bo‘lsa, u holda telefondan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomaga muvofiq, tarmoq qo‘lda topilishini o‘rnatish (“Tarmoqlar” yoki “Uyali tarmoqni tanlash” opsiyasi topiladi va tanlanadi hamda yangi tarmoq qidiriladi) va bu yerdagi ro‘yxatga muvofiq rouming hamkorning tarmog‘ini tanlash kerak bo‘ladi;

Raqam qanday qilib to‘g‘ri teriladi?

Rouming-hamkorlar tarmoqlarida chiquvchi qo‘ng‘iroqni amalga oshirish uchun abonent raqamini quyidagi xalqaro formatda terishi kerak:

+[mamlakat kodi][shahar yoki tarmoq kodi][abonent raqami]

yoki

00 [mamlakat kodi][shahar yoki tarmoq kodi][abonent raqami]

Masalan, Mobiuz abonentining mobil raqamiga qo‘ng‘iroq qilish uchun: +998 97 xxx xxxx yoki 00998 97 xxx xxxx teriladi.

Roumingda hisobvaraq balansini qanday tekshirish mumkin?

USSD-so‘rov: telefonda *100# tering va chaqiruv tugmasini bosing (so‘rov bepul);

SMS: 6111 qisqa raqamiga til kodi yozilgan SMS-xabar yuborish

1 – O‘zbek tilining kodi

2 – Rus tilining kodi

3 – Ingliz tilining kodi

Diqqat! Chiquvchi SMS qiymati rouming tariflari bo‘yicha to‘lanadi;

Internet-yordamchi

VAQTINCHA BANDLASH SHARTLARI

GSM assotsiatsiyasining rouming hamkorlari tarmog‘ida firibgarlikni oldini olish tartibi va tartiboti to‘g‘risidagi tavsiyalariga binoan, Kompaniya rouming hamkorlaridan olingan roumer abonentining roumingda o‘z hisob raqamidagi balansdan ortiq mablag‘ sarflagani to‘g‘risidagi dastlabki ma’lumotlarga asoslangan holda roumer-abonenti raqamini vaqtincha bandlash huquqiga egaligini o‘zida saqlab qoladi. Vaqtincha bandlash rouming hamkorlaridan roumingda ko‘rsatilgan xizmatlarni tarifikatsiyasida qo‘llaniluvchi asosiy (yakuniy) fayllar olingunga qadar (30 kungacha) amalda bo‘ladi. 

Roumingda qo‘llab-quvvatlash xizmati bilan qanday bog‘lanish mumkin?

Agar Sizda roumingda bo‘lgan paytda rouming xizmatlari bilan bog‘liq qandaydir texnik qiyinchiliklar yoki muammolar vujudga kelgan bo‘lsa, Siz mana bu havola bo‘yicha qayta aloqa shakli bo‘yicha yoki Rouming veb-sahifasi sarlavhasining ro‘parasida, yuqori o‘ng tarafdagi «Biz bilan bog‘lanish» tugmasini bosib, mutaxassislarimiz bilan aloqaga chiqishingiz mumkin.

Murojaat qilganda, Telegram, WhatsApp v.h.k (iltimos aniqlashtiring) mavjud bo‘lgan raqamni va/yoki mutaxassislarimiz Mobiuz raqamingiz bilan roumingda vujudga kelgan muammolar/qiyinchiliklarni hal qilish uchun aloqaga chiqishlari mumkin bo‘lgan elektron pochta manzilini ko‘rsatishingizni so‘raymiz.

So‘rovlaringiz ish kunlarida (Dushanba-Juma 09:00 dan 18:00 gacha) ko‘rib chiqiladi.

Ro'yxatga qaytish