Biz ijtimoiy tarmoqlarda
«Light Rouming»

Ushbu xalqaro rouming xizmati abonentga “UMS” MChJ rouming-hamkorlari tarmoqlarida ro‘yxatdan o‘tish, hamda raqam balansi yetarli miqdorda ijobiy bo‘lsa, abonent raqamida xizmatlardan foydalanish imkoniyati mavjud bo‘lsa va bloklashlar/ta’qiqlar bo‘lmasa,rouming-hamkor tomonidan taqdim etiluvchi qo‘ng‘iroqlar,SMS,ma’lumot uzatish xalqaro rouming xizmatlaridan foydalanish imkonini beradi.

«Light Rouming» xizmatida xalqaro yo‘nalishlarga chiquvchi qo‘ng‘iroqlar cheklangan va roumingda bo‘lganda faqat O‘zbekistondagi hamda abonent bo‘lib turgan mamlakatdagi raqamlarga chiquvchi qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish mumkin. Boshqa mamlakatlarga, shu jumladan sun’iy yo‘ldosh orqali ishlovchi operatorlarning raqamlariga qo‘ng‘iroq qilish imkoniyati mavjud emas.

Xizmatdan foydalanish imkoniyati:

Xizmatdan barcha tarif rejalaridagi (agar tarif rejasi shartlarida boshqacha ko‘rsatilmagan bo‘lsa) abonentlar rouming turi Oflayn yoki Onlayn (CAMEL) ekanligidan qat’iy nazar, agar hisob raqamida yetarli miqdordagi ijobiy balans bo‘lsa, foydalanishlari mumkin.

31.08.2022y. dan «Light Rouming» xizmatining yangi ulanishlar uchun amal qilish muddati, ulangan paytdan boshlab 30 kunni tashkil qiladi.

Agar abonentga Light rouming xizmati 30 kundan ortiq muddatga kerak bo‘lsa,11.11.2022 dan boshlab xizmatning muddatini *111*012# USSD menyusi orqali 30/90/180 kunga uzaytirish mumkin. «Light Rouming» xizmatini umumiy muddati barcha uzaytirishlardan so’ng, xizmat yoqilgan kundan boshlab 360 kundan ko’p bo’lmagan muddatni tashkil etishi mumkin.

Xizmatni ulash:

Mazkur xizmatni ulash uchun shaxsiy hisob raqamidagi balans kamida 210 517,50 so‘m (Ikki yuz o‘n ming besh yuz o‘n yetti so‘m 50 tiyin) miqdorida bo‘lishi kerak. Bu mablag‘ roumingda kelgusida qilinadigan xarajatlar uchun oldindan to‘lov hisoblanadi. Ushbu xizmatni faollashtirish abonentning yozma arizasi bo’yicha amalga oshiriladi.

Eslatma:

«Xalqaro ulanish» va «Light Rouming» xizmatlari bir-birini istisno etuvchi xizmatlardir. Ya’ni agar ularning biri ulangan bo‘lsa, ikkinchisini ulab bo‘lmaydi. Demak, «Light Rouming» xizmatini faollashtirish uchun dastlab «Xalqaro ulanish» xizmati ulanmaganligiga ishonch hosil qilish zarur.

Ro'yxatga qaytish