Biz ijtimoiy tarmoqlarda
«SMS Rouming»

Ushbu xalqaro rouming xizmati abonentga “UMS” MChJ rouming-hamkorlari tarmoqlarida ro‘yxatdan o‘tish, hamda raqam balansi yetarli miqdorda ijobiy bo‘lsa, abonent raqamida xizmatlardan foydalanish imkoniyati mavjud bo‘lsa va bloklashlar/ta’qiqlar bo‘lmasa rouming-hamkor tomonidan taqdim etiluvchi SMS uzatish xalqaro rouming xizmatidan foydalanish imkonini beradi.

«SMS Rouming» xizmati faqatgina abonent rouming hamkorning roumingdagi hududida bo’lgandagina amal qiladi.

«SMS Rouming» xizmati ulanganda roumingda va O‘zR hududida bo’lgan abonentlarda quyidagi xizmatlardan foydalanish imkoniyati mavjud emas:

  • mobil internet ;

  • kiruvchi ovozli chaqiriq;

  • chiquvchi ovozli chaqiriq, shu jumladan joylashuv bo‘yicha favqulloda xizmatlar raqamlariga qo‘ng‘iroqlar.

Xizmatdan foydalanish imkoniyati:

Xizmatdan barcha tarif rejalaridagi (agar tarif rejasi shartlarida boshqacha ko‘rsatilmagan bo‘lsa) abonentlar rouming turi Oflayn yoki Onlayn (CAMEL) ekanligidan qat’iy nazar, agar shaxsiy hisob raqamida yetarli miqdordagi ijobiy balans bo‘lsa va bloklashlar/ta’qiqlar bo‘lmasa, foydalanishlari mumkin.

 Xizmatni ulash: 

Ushbu xizmatni ulash abonentning yozma arizasi asosida amalga oshiriladi.

Ushbu xizmatni o‘chirish uchun quyidagi imkoniyatlardan foydalanish mumkin:

  • Korporativ Internet yordamchi orqali;

  • *1110# Korporativ USSD portal orqali

  • abonent ariza bilan «UMS» MChJ Xizmat ko’rsatish markaziga shaxsan murojaat qilganda.

Eslatma:

«Mobil internet» va «SMS Rouming» xizmatlari bir-birini istisno etuvchi xizmatlardir, Ya’ni agar bu xizmatlardan biri ulangan bo‘lsa, «SMS Rouming» xizmatini ulab bo‘lmaydi. Demak, «SMS Rouming» xizmatini faollashtirish uchun dastlab «Mobil internet» xizmati o‘chirilganligiga ishonch hosil qilish zarur.

Ro'yxatga qaytish