Biz ijtimoiy tarmoqlarda
«Business Rouming»

Mazkur xalqaro rouming xizmati abonentga “UMS” MChJ rouming-hamkorlari tarmoqlarida ro‘yxatdan o‘tish hamda nomer balansi yetarli miqdorda ijobiy bo‘lsa, ushbu raqamda xizmatlardan foydalanish imkoniyati mavjud bo‘lsa va bloklashlar/ta’qiqlar bo‘lmasa, rouming-hamkor tomonidan taqdim etiluvchi qo‘ng‘iroqlar, SMS, ma’lumot uzatish xalqaro rouming xizmatlaridan foydalanish imkonini beradi. Ushbu xizmatda chiquvchi qo‘ng‘iroqlar cheklanmagan va roumingda bo‘lganda, agar balans ijobiy bo‘lsa va raqamda cheklovlar bo‘lmasa, xalqaro yo‘nalishlarda chiquvchi qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish, shu jumladan sun’iy yo‘ldosh orqali ishlovchi operatorlarning raqamlariga qo‘ng‘iroq qilish mumkin.

Xizmatdan foydalanish imkoniyati:

Xizmatdan barcha tarif rejalaridagi (agar tarif rejasi shartlarida boshqacha ko‘rsatilmagan bo‘lsa) abonentlar rouming turi Oflayn yoki Onlayn (CAMEL) ekanligidan qat’iy nazar, agar shaxsiy hisob raqamida yetarli miqdordagi ijobiy balans bo‘lsa, foydalanishlari mumkin

Xizmatni ulash:

Mazkur xizmatni ulash uchun shaxsiy hisob raqamidagi balans kamida 1 263 105 so‘m (Bir million ikki yuz oltmish uch ming bir yuz besh so‘m) miqdorida bo‘lishi kerak. Bu mablag‘ roumingda kelgusida qilinadigan xarajatlar uchun oldindan to‘lov hisoblanadi. Ushbu xizmatni faollashtirish abonentning yozma arizasi bo’yicha amalga oshiriladi.

Eslatma:

«Business Rouming» xizmatini ulayotganda «Xalqaro ulanish» xizmati ulanganiga ishonch hosil qilish kerak. Chunki «Xalqaro ulanish» xizmatisiz roumingda xalqaro yo‘nalishlarga qo‘ng‘iroq qilish, shu jumladan rouming-hamkor tarmog‘ida bo‘lganda O‘zbekiston raqamlariga ham chiquvchi qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish imkoniyati mavjud emas.

Xizmatlarni holatini tekshirish va o‘chirish

“Business Rouming” xizmatida avtomatik ravishda o‘chish sharti mavjud emas. O‘zbekistonga qaytganda, qo‘shni mamlakatlardagi rouming-hamkorlar tarmoqlariga avtomatik ravishda ulanish ehtimoli yuqori bo‘lgan, O‘zbekistonning qo‘shni davlatlar bilan chegaradosh bo‘lgan hududlarida bo‘lgan paytda, kutilmagan xarajatlar yuzaga kelishining oldini olish uchun rouming xizmatlarini o‘chirish tavsiya etiladi.

“Light Rouming”, “Business Rouming” xizmatlarining holatini tekshirish yoki o‘chirish uchun “UMS” MChJ Xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qilish yoki quyidagi usullardan foydalanish mumkin:

USSD menyu orqali: *111*012#;

SMS-buyruq:

Xizmatni o‘chirish uchun 616012 raqamiga 0 raqami yuboriladi

Holatini tekshirish uchun 616012 raqamiga 3 raqami yuboriladi

Narxi

“Light Rouming”,“Business Rouming” yoki “SMS rouming” xizmatini faollashtirish qiymati – 0,00 so‘m.

“Light Rouming”,“Business Rouming” yoki “SMS rouming” xizmati uchun abonent to‘lovi – 0,00 so‘m.

Ovozli aloqa, SMS va mobil internet xizmatlarining roumingdagi tariflari bilan «Xalqaro rouming xizmati narxlari» sahifasida tanishib chiqish mumkin.

Narxlar soliqlarni hisobga olgan holda ko‘rsatilgan.

Eslatma:

Bitta hisobvaraqda bir vaqtning o‘zida “Light Rouming”,“Business Rouming” yoki “SMS rouming” xizmatlarini ulash imkoniyati mavjud emas. “Light Rouming”,“Business Rouming” yoki “SMS rouming” xizmatini ulash uchun ulardan birini faollashtirishdan avval, ulangan holda turgan boshqa xizmatni o‘chirish kerak.

“Light Rouming”,“Business Rouming” yoki “SMS rouming” xizmatlarini o‘chirish abonentning yozma arizasi bo’yicha amalga oshiriladi.

Ro'yxatga qaytish