Yuqori tezlikdagi FWA mobil interneti
Mobiuz’dan 100 Mbit/s gacha tezlikdagi uy internetini sinab ko‘ring!
Oylik kiritilgan mobil internet
Dastlabki to‘lov – 1 190 000 so‘m. 1 yil Unlim internet + ZTE G5C router (5G qo‘llab-quvvatlovchi).
100 000 so‘m oyiga (dastlabki yechib olish muddati tugagandan so‘ng)
Tarif haqida batafsil
0 so‘m Kiruvchi SMS-xabar;
100 so‘m MOBIUZ tarmog‘i ichidagi abonentlarga chiquvchi SMS-xabarlar;
100 so‘m O‘zbekistondagi boshqa operatorlarning mobil tarmoqlariga chiquvchi SMS xabarlar;
1000 so‘m Xalqaro chiquvchi SMS-xabarlar.
100 so‘m MOBIUZ tarmog‘i ichida abonentlarga 1 daqiqa uchun chiquvchi qo‘ng‘iroqlar
100 so‘m O‘zbekistonning boshqa mobil operatorlari tarmoqlariga
- Internet tezligi - 3 TB chegarasiga yetgunga qadar - 100 Mbit/sek gacha
- Internet tezligi - 3 TB chegarasiga yetgandan so‘ng - 3 Mbit/sek gacha
- 3 TB chegarasiga yetganda limitlar har oy taqdim etiladi va yangilanadi.
- Tarifga yangi ulanishda abonent to‘lovi (AT) hisob to‘ldirilgandan so‘ng bir kalendar yil uchun to‘liq hajmda - 1 190 000 so‘m - yechib olinadi.
- «FWA Corporate» tarif rejasi ulanishda ZTE G5C routerini o‘z ichiga oladi va faqat Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona va Qo‘qon shaharlarida joylashgan kompaniyaning shaxsiy (bosh) ofislarida yangi abonentlar uchun mavjud.
- Barcha narxlar QQSʼni bilan ko‘rsatilgan.
- Qo‘ng‘iroqlar tariflanishi daqiqalik.
- Barcha chiquvchi qo‘ng‘iroqlar 1 soniyadan boshlab tariflanadi va yuqoriga qarab daqiqagacha yaxlitlanadi.
- Internet trafikni yaxlitlash kvanti - 1 KB.
- Tarif rejasi o‘zgartirilganda yangi tarif rejasining limitlari qo‘llaniladi.
- Tarif rejada boshqa turdagi internet-to‘plamlar va «Tungi DRIVE» xizmati mavjud emas.
- 3 TB chegarasiga yetganda tezlik cheklovi bilan Unlim internetga kirish (TR doirasida yillik abonent to‘lovi va oylik AT doirasida) 1 kalendar oy muddatga taqdim etiladi. Tarif rejasi hisoblagichlari (Unlim) birinchi yil davomida har oy, oyning 1-sanasida yangilanadi. Bir yil tugagandan so‘ng tarif rejasi hisoblagichlari (Unlim) AT (100 000 so‘m) yechib olingandan keyin oyning 1-sanasida yangilanadi.
- Yangi ulanishda 3 TB limiti (internet tezligini 100 Mbit/sek gacha cheklash chegarasi) pro-rata qo‘llanilmagan holda to‘liq hajmda taqdim etiladi.
- Musbat balansda abonent to‘lovi tarif rejasi uchun har oy oyning 1-sanasida postpaid tizimi bo‘yicha yechib olinadi. Manfiy balansda abonent to‘lovi yechib olinmaydi.
- Agar raqam 90 kalendar kun davomida blok holatda bo‘lsa (balans manfiy bo‘lsa), kompaniya abonent bilan tuzilgan shartnomani bekor qilish huquqini o‘zida saqlab qoladi, bunda xizmatlar ko‘rsatish to‘xtatiladi.
- Internet bo‘yicha tariflash 0 qiymatda amalga oshiriladi.
- «FWA Corporate» tarif rejasidan o‘tilganda Unlim internet ko‘chirilmaydi va yangi tarif hisoblagichlari bilan qo‘shilmaydi.
- Abonent tashabbusi bilan shartnoma muddatidan oldin bekor qilinganda yoki boshqa tarif rejasiga o‘tilganda abonent to‘lovi qaytarilmaydi va qayta hisoblanmaydi. G5C routeri Operator tomonidan qayta sotib olinmaydi.
- «FWA Corporate» tarif rejasida ovozli va SMS-to‘plamlar mavjud emas.
- «FWA Corporate» tarif rejasida quyidagi Unlim servislar mavjud emas: «YouTube», shuningdek 5G internet-to‘plamlari.
- «FWA Corporate» tarif rejasida «Inspektor» va «Inspektor – Ijtimoiy tarmoqlar» xizmatlari mavjud emas.
- «FWA Corporate» tarif rejasida «Abonement» xizmati mavjud emas.
- «FWA Corporate» tarif rejasi «Chiroyli raqamlarga aksiya!» va Aksiya «Smartfon uchun bonuslar!» aksiyalarida ishtirok etmaydi.
- «FWA Corporate» tarif rejasi uchun «Raqam egasini o‘zgartirish» xizmati mavjud emas (raqamni «FWA Corporate» tarif rejasiga yoki undan boshqa tarifga o‘tkazish orqali rasmiylashtirish mumkin emas).
- «FWA Corporate» tarif rejasiga ulanganidan so‘ng qurilma ulanishni rasmiylashtirgan abonent mulkiga aylanadi.
- Abonent to‘lovi pastroq bo‘lgan tarif rejalariga – 4 210,35 so‘m
- Abonent to‘lovi yuqoriroq bo‘lgan tarif rejalariga – 0 so‘m
1.1. Kompaniya – «Universal Mobile Systems» MChJ, Mobiuz
1.2. Qurilma modeli (qurilma) – ZTE G5C routeri.
1.3. 3 Nuqsonli tovar – belgilangan maqsadda foydalanib bo‘lmaydigan va/yoki kamchiliklarga ega bo‘lgan, sifati talabga javob bermaydigan tovar.
1.4. Yetkazib beruvchi – Kompaniyaga tovar yetkazib beruvchi tashkilot, korxona yoki muassasa.
1.5. ASM – ZTE vakolatli servis markazi.
1.6. ShO – Kompaniyaning o‘z sotuv ofisi («Universal Mobile Systems» MChJ).
1.7. Kafolat muddati – mijoz xarid qilingan tovarida kamchiliklar yoki nuqsonlar aniqlangan taqdirda, tovar sifati bilan bog‘liq talablarni sotuvchiga taqdim etish huquqiga ega bo‘lgan davr bo‘lib, tarif rejasiga ulangan kundan boshlab bir kalendar yil davom etadi.
2.1. Qurilma modeli uchun kafolat muddati qurilmaga ilova qilingan kafolat taloni yoki boshqa hamrohlik hujjatda ko‘rsatilgan Yetkazib beruvchi tomonidan belgilanadi.
2.2. Kafolat muddati davomida qurilmani taʼmirlash va undagi nuqsonlarni (kamchiliklarni) bartaraf etish ASM kuch va vositalari bilan amalga oshiriladi.
2.3. Kafolat muddati davomida qurilma ishdan chiqqan taqdirda, undan foydalanuvchi ishlab chiqaruvchi zavod aybi bilan yuzaga kelgan barcha nosozliklarni bepul bartaraf etish huquqiga ega (qurilmadan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma talablariga rioya qilingan taqdirda).
2.4. Tovar uchun kafolat muddati «Mobi Home» tarif rejasiga ulangan kundan boshlanadi.
2.5. Qurilmada nuqson aniqlangan taqdirda, foydalanuvchi mustaqil ravishda ASMʼga murojaat qiladi. Zarurat bo‘lganda, ASMʼlar ro‘yxati foydalanuvchiga Kompaniyaning shaxsiy ofisi rahbari/operator-maslahatchisi tomonidan taqdim etiladi.
2.6. Agar qurilma ta’mirlanadigan bo‘lsa, ASM barcha kamchiliklarni bartaraf etadi. Foydalanuvchining ta’mirdan bosh tortishi qurilmani qaytarish uchun asos bo‘la olmaydi.
2.7. Kafolat doirasida kamchiliklarni bartaraf etish muddati – qurilma ASMga topshirilgan kundan boshlab 30 kungacha.
3.1. Sifatli, biroq foydalanuvchiga faqat rang, shakl yoki qurilma sifati bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa parametrlar bo‘yicha mos kelmagan qurilmalar qaytarilmaydi yoki almashtirilmaydi.
3.2. Kafolat taloniga ega bo‘lgan, servis xizmatlarini taqdim etuvchi qurilmalarni qaytarish faqat Yetkazib beruvchining servis markazi dalolatnomasi asosida almashtirish yoki servis xizmatini ko‘rsatish shaklida amalga oshiriladi. Pul mablag‘larini to‘liq qaytarish va/yoki qayta hisoblash nazarda tutilmagan.
3.3. Sifatsiz qurilma berilgan foydalanuvchi aynan shunday yoki o‘xshash modeldagi qurilmaga almashtirishni talab qilish huquqiga ega.
3.4. Kompaniya qurilmani qayta qabul qilmaydi va ofisda qoldirilgan qurilma uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi. Qurilma faqat ASMga topshiriladi va u yerda xizmat ko‘rsatiladi.
3.5. Nuqsonli qurilmani almashtirish muddati – 30 kungacha.
Manzillar:
- Toshkent shahar, Shota Rustaveli ko‘chasi 59;
- Toshkent shahar, Yangi Sergeli ko‘chasi 5
Murojaat uchun raqam:
+998 97 195 95 55