Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Korporativ mijoz bo‘lishni istaysizmi?

«UNIVERSAL MOBILE SYSTEMS» MChJ 

Har bir mijozga individual yondashuv va sifatli xizmatlar!

Bizning korporativ mijozimiz bo‘lish – oson! Buning uchun bor-yo‘g‘i, sizga va tashkilotingizga eng maqbul tarif rejasini tanlashingiz kerak.

Quyidagilar biz bilan shartnoma tuzishlari mumkin:

1. O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq ro‘yxatga olingan va faoliyat yuritayotgan rezidentlar yoki norezidentlar (yakka tartibdagi tadbirkor hisoblanmaydigan jismoniy shaxslardan tashqari), shuningdek ularning filiallari hamda vakolatxonalari.

2. Diplomatik korpus vakillari (elchixonalar, konsulxonalar).

3. Xorijiy kompaniyalar va xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalari, doimiy muassasalari.

Mobil aloqa xizmatlarini taqdim etish to‘g‘risida shartnoma tuzish uchun quyidagi hujjatlar kerak bo‘ladi:

1. Ulanish uchun yozilgan arizaning asl nusxasi (Mobiuz ning namunaviy blankida yoki tashkilotning firma blankida).

2. Ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi.

3. Qo'shimcha qiymat solig'i to'lovchisi sifatida Davlat ro'yxatidan o'tganligi haqidagi Guvohnoma nusxasi

4. Kompaniya rahbari yoki u ishonch bildirgan shaxs pasportining asl nusxasi (rahbar pasportining nusxasi bilan birga).

5. Vakolat berilgan shaxs nomiga yozilgan ishonchnoma.

Xorijiy vakolatxonalar, elchixonalar va diplomatik korpuslar uchun:

1. Ulanish uchun yozilgan arizaning asl nusxasi (Mobiuz ning namunaviy blankida yoki tashkilotning firma blankida).

2. Vakolat berilgan shaxs nomiga yozilgan ishonchnoma.

3. Ishonch bildirilgan shaxs pasportining asl nusxasi.

Huquqni muhofaza qilish organlari va mudofaa-xavfsizlik tuzilmalari uchun:

1. Ulanish uchun yozilgan arizaning asl nusxasi (Mobiuz ning namunaviy blankida yoki tashkilotning firma blankida).

Kompaniyamizning korporativ mijozlari yuksak darajadagi xizmatlar va jozibador biznes-yechimlardan foydalanadilar.

Korporativ mijozlar uchun biz maxsus shaxsiy menejer ajratamiz. U sizning hamma savollaringizga javob beradi hamda tashkilotingiz uchun eng qulay va maqbul hamkorlik variantini tanlashda yordam beradi.

Siz arizalar blanklarini shu yerda yuklab olishingiz mumkin.

Agar sizda savollar tug‘ilgan bo‘lsa, “UMS” MChJning Ma’lumot-axborot bo‘limiga kecha-kunduz ishlaydigan quyidagi raqam orqali istalgan vaqtda qo‘ng‘iroq qilib javoblar olishingiz mumkin:

0990 (faqat “UMS” MChJning korporativ abonentlari uchun) yoki

+998 97 130 09 09

Sizni o‘z korporativ mijozlarimiz safida ko‘rsak, xursand bo‘lamiz!