Mobiuz Interneti ortiqcha harajatsiz 4G LTE tezligida!
O’ta yuqori tezlik yordamida xohlagan joyingizda bilimingizni oshiring, hissiyotlaringiz bilan bo’lishing, faolroq suhbatlashing!
70 Mbit/sgacha tezlik nafaqat katta hajmdagi fayllarni ko’chirib olishga, balki HD-sifatdagi seriallarni hech qanday uzilishlarsiz onlayn ko’rishga imkoniyat yaratadi.
Tezlashing va hech qanday ortiqcha mablag’ to’lamang!
Tez internetga ega bo’lish uchun ko’p pul sarflash shart emas. Mobiuz 4 avlod interneti – 4G LTEni 3G narxida taklif etadi!
Mobiuz bilan birgalikda o’zingizga qulay tarzda internetdan foydalaning!
4G LTE 4G-modulga ega barcha zamonaviy qurilmalarda: smartfonlar, planshetlar, routerlar, modemlarda ishlaydi.
4G LTE tarmog’idan foydalanish uchun qurilmangizni barcha tarmoqlar – 2G /3G / 4G LTEda ishlay olishini sozlang (universal rejimga o’tkazing).
Shartlar
Mobiuz'ning barcha abonentlari 4G LTE xizmatini yoqishi mumkin.
Xizmat taqdim etilishi
Xizmatdan butun O'zbekiston Respublikasi hududida foydalanish mumkin.
Xizmatni yoqish usullari:
USSD - *222*1#
SMS – 1 soni 616222 raqamiga
Xizmatni o’chirish usullari:
USSD - *222*0#
SMS – 0 soni 616222 raqamiga
Xizmat holatini tekshirish:
USSD - *222#
SMS – 3 soni 616222 raqamiga
Shuningdek, xizmatni boshqarish uchun Virtual menejer, 0890 ovozli yordamchi, *111# mobil portalidan foydalanish hamda Mobiuz ofislariga murojaat qilish mumkin.
Yuridik shaxslar uchun ushbu xizmatni boshqarish yozma ariza asosida amalga oshiriladi.
Xizmatga ulanish narxi – 0,00 so'm
4G LTE tarmog’ida internet optsiyalarining ishlashi
2G va 3G tarmoqlarida ishlaydigan ma’lumotlar almashinuvining barcha xizmatlari narxi o’zgarmagan holda 4G (LTE) tarmog’ida ham ishlaydi.
Eng ko’p beriladigan savollar
- 4G o’zi nima?
-
4G (inglizchadan “fourth generation” – “to’rtinchi avlod”) – mobil aloqa avlodi. To’rtinchi avlodga quyidagi tezliklarda ma’lumot almashinuvini ta’minlovchi texnologiyalar kiradi: 100 Mbit/s – harakatlanuvchi abonentlar uchun, 1 Gbit/s – statsionar abonentlar uchun.
- Mobiuz tarmog’ida 4G qaysi chastotalarda ishlaydi?
-
Mobiuzning 4G (LTE) tarmog’i 800 MHz, 1800 MHz va 2600 MHzda ishlaydi.
- Tezligi qanaqa?
-
Mobiuzning 4G (LTE) tarmog’ida ma’lumotlar almashinuvining maksimal tezligi – 70 Mbit/s
- 4G tarmog’ida internetdan foydalanish qancha turadi?
-
Mobiuzning 4G tarmog’idagi xizmatlar narxlari 2G yoki 3G tarmoqlaridan foydalanish kabi bir xil. Bir xil narxga yuqoriroq tezlikka ega bo’lasiz.
- 4G tarmog’ida qo’ng’iroqlarni qabul qilish mumkinmi?
-
Yo’q. 4G (LTE) tarmog’i faqat ma’lumotlar almashinuvi uchun ishlatiladi. Qo’ng’iroqlarni amalga oshirish va SMS-xabarlaridan foydalanish avtomatik ravishda 3G yoki 2G tarmog’ini ishlatadi.
- 4G standartida ishlay oladigan telefonlar ro’yxati bormi?
-
800 MHz, 1800 MHz va 2600 MHzni qo’llab-quvvatlovchi barcha moslamalar Mobiuz tarmog’ida ishlaydi. O’z telefoningiz modelini bu yerdan topishingiz mumkin.
- Men *222*1# yuborib, xizmatni yoqdim. LTE (yoki 4G) belgisi telefonda yonmayapti.
-
- Telefoningiz LTE tarmog’ida, kerakli chastotada – 800 MHz, 1800 MHz va 2600 MHzda ishlay olishiga ishonch hosil qiling. Yoki uni sozlamalardan toping.
- Operatsion tizim yoki apparat turiga qarab telefon sozlamalarida “Faqat LTE” yoki “2G/3G/4G (LTE) universal rejimi”ni tanlang.
- Telefoningizning o’zini yoki “Parvoz rejimi”ni o’chirib yoqing.
Agar belgi shunda ham yonmagan bo’lsa, bu holat apparatingiz tarmoqning kerakli diapazonida ishlay olmasligidan, ya’ni mintaqamizda ishlashga moslashmaganidan dalolat beradi.
Ulash