«Alohida toifadagi raqamni muddatli to‘lov asosida xarid qilish» va «Alohida toifadagi raqamni 2 yilga muddatli to‘lov asosida xarid qilish» xizmatlarini taqdim etish shartlariga o‘zgartirishlar
Hurmatli abonentlar!
2026-yil 1-iyuldan boshlab «Alohida toifadagi raqamni muddatli to‘lov asosida xarid qilish» va «Alohida toifadagi raqamni 2 yilga muddatli to‘lov asosida xarid qilish» xizmatlari bo‘yicha raqam qiymatini yechib olish faqat hisobda muddatli to‘lovning to‘liq summasini yechib olish uchun yetarli mablag‘ mavjud bo‘lganda amalga oshiriladi.
Agar muddatli to‘lov summasini yechib olish sanasida hisobda mablag‘ yetarli bo‘lmasa, raqam bloklanadi. Zarur summa kiritilgandan so‘ng blokirovka bekor qilinadi, muddatli to‘lov summasini yechib olish sanasi esa raqamning oxirgi faollashtirilgan kuniga ko‘chiriladi.