Biz ijtimoiy tarmoqlarda
«Xizmat 4», «Xizmat 5 tarif rejalaridagi abonentlarga xizmat ko‘rsatishning o‘zgarishi.

Hurmatli abonentlar!

Abonentlarni shartlari manfaatliroq bo‘lgan amaldagi tarif rejalariga o‘tkazish yordamida, taqdim etilayotgan mobil aloqa xizmatlarining sifatini oshirish maqsadida - «Xizmat 4», «Xizmat 5 tarif rejalaridagi abonentlarga xizmat ko‘rsatish  25.02.2022y. dan to‘xtatilayotganini ma’lum qilamiz.

Izohlar:

1.  «Xizmat 4», «Xizmat 5 tarif rejalaridagi abonentlar 10.02.2022y. dan 24.02.2022y. gacha (shu jumladan) bo‘lgan davr mobaynida tarif rejasini mustaqil ravishda, o‘tish imkoniyati mavjud bo‘lgan, har qanday amaldagi tarif rejasiga o‘zgartirishlari mumkin.

2. Tarifni tanlash  

3. 10.02.2022 dan  «Xizmat 4», «Xizmat 5» tarif rejalaridan, yuridik shaxslar uchun mo‘ljallangan, har qanday amaldagi tarif rejasiga o‘tishning narxi  - 0 so‘m.

4. Abonent boshqa amaldagi tarif rejasiga o‘tishni mustaqil ravishda amalga oshirmagan holatda, Operator 25.02.2022y. dan tarif rejasini abonent holatini yomonlashtirmagan holda, jadvalga muvofiq, bir tomonlama tartibda  o‘zgartirish huquqiga ega bo‘ladi:

Arxivdagi tarif

Arxivdagi tarifning bir oylik abonent to‘lovi

Yangi tarifga o‘tkazish

Yangi tarifning bir oylik abonent to‘lovi

Xizmat 4

35 000

Corporate 30

30 000

Xizmat 5

70 000

Corporate 60

60 000

5. Tarif rejasi kompaniya tomonidan abonentlarning holatini yomonlashtirmagan holda, bir tomonlama tartibda o‘zgartirilganda, yangi tarif rejasining birinchi oy uchun abonent to‘loviga  100% chegirma taqdim etiladi.  

6. Abonentlarning holatini yomonlashtirmagan holda, yangi tarif rejasiga o‘zgartirilganda daqiqa, MB va SMS to‘plamlari oyning oxirigacha qolgan kunlarning soniga mutanosib ravishda taqdim etiladi.

Ro'yxatga qaytish