Biz ijtimoiy tarmoqlarda
«UNLIM» servisi

Servis abonentga opsiyalarga guruhlangan internet manbalardan, cheklanmagan tarzda foydalanish imkoniyatini taqdim qiladi.

Trafik internet tarmog‘idan faqat manbalarning rasmiy mobil ilovalarida yoki brauzerdagi rasmiy mobil versiyasidan foydalanganda tariflanmaydi.

Tashkilotdan yozma so‘rov, Virtual menejer orqali ulash imkoniyati mavjud.

Opsiya

Manbalarga cheksiz kirish imkoniyati

Abonent to‘lovi

(oyiga)

Unlim «Premium»

Instagram, Facebook

Facebook messenger,

Vkontakte, Odnoklassniki 

Telegram, WhatsApp, Viber

Youtube, Skype, Zoom

LinkedIn

 

30 000 so‘m

Foydalanish shartlari

  • Servisning boshqa internet-xizmatlar va opsiyalar orasida ishlatilish ustuvorligi – birinchi.
  • Ushbu servisdan foydalanganda ma’lumotlarni uzatish tezligi cheklanmaydi.
  • Roumingda internet belgilangan tariflarga muvofiq narxlanadi.
  • Abonent bloklangan holatda, ushbu xizmat doirasida internetga kirish taqdim etilmaydi.
  • Opsiya manbalariga proksi-serverlar, VPN yoki vositachilik saytlari orqali ulanganda, trafik narxi tarif rejasining shartlariga muvofiq to‘lanadi yoki trafik barcha yo‘nalishlarga taqdim etiluvchi amaldagi internet-to‘plamning balansidan yechiladi.
  • Ushbu servisdan 3G/4G/5G tarmoqlarida foydalanish imkoniyati mavjud.
  • Servisni ulash imkoniyati faqat balansda yetarli miqdordagi mablag‘ bo‘lganda mavjud.
  • Servisni faqat faol holatda bo‘lganda o‘chirish imkoniyati mavjud.
  • Smartfonlar oldindan o‘rnatilgan sozlamalar bo‘yicha fon tarzida quyidagi amallarga mobil trafikni sarflashadi: tizim yangilanishlari, ilovalarning yangilanishlari, vidjetlar (ob-havo, kalendar va boshq.) va ijtimoiy tarmoqlarnining ma’lumotlarini moslashtirish, hamda tahlillovchi-hisoblagichlarga. Ushbu yo‘nalishlarga internet-trafik tarif rejasining shartlariga muvofiq tariflanadi yoki trafik barcha yo‘nalishlarga taqdim qilinadigan, amaldagi internet-to‘plamning balansidan yechiladi.
  • Narxlar QQS bilan ko‘rsatilgan.
  • Messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlarning egalari o‘z xizmatlarini ko‘rsatish uchun IP-manzillarning (protokollar) ma’lum bir ko‘lamidan foydalanishadi. IP manzillar egalari tomonidan o‘zgartirilgan holatda, tarif rejasining shartlariga muvofiq trafik sarflanishi mumkin.
Ro'yxatga qaytish