Hurmatli abonentlar!
2026-yil 1-avgustdan boshlab tarif rejalari va qo‘shimcha xizmatlar shartlariga quyidagi o‘zgartirishlar kiritilishiga e’tibor qaratishingizni so‘raymiz:
1. Abonent to‘lovini oldindan yechib olish
Tizim yangi hisob-kitob davri boshlanishidan oldingi tunda (soat 23:00 dan 00:00 gacha) balansni tekshiradi.
- Agar joriy hisob-kitob davrining oxirgi kuni soat 23:00 dan 00:00 gacha balansda yetarli mablag‘ mavjud bo‘lsa, abonent to‘lovi 00:00 dan oldin oldindan yechib olinadi.
Bunda joriy oy oxirigacha tarif rejasiga kiritilgan MB, daqiqa va SMS to‘plamlaridan foydalanishni davom ettirishingiz mumkin.
Yangi hisob-kitob davri yangi oyning soat 00:00 da boshlanadi. Shu vaqtda yangi oy uchun MB, daqiqa va SMS to‘plamlari to‘liq hajmda taqdim etiladi. Yangi oyning soat 00:00 da tarif rejasi bo‘yicha abonent to‘lovi qayta yechib olinmaydi.
- Agar joriy hisob-kitob davrining oxirgi kuni soat 23:00 dan 00:00 gacha balansda yetarli mablag‘ mavjud bo‘lmasa, abonent to‘lovi oldindan yechib olinmaydi.
Bunda ham tarif rejasiga kiritilgan joriy MB, daqiqa va SMS to‘plamlaridan foydalanishingiz mumkin.
Shundan so‘ng, yangi oyning soat 00:00 dan boshlab abonent to‘lovi, avvalgidek, balansda yetarli mablag‘ mavjud bo‘lganda yechib olinadi.
Agar abonentda «Maxsus toifadagi raqam muddatli to‘lovga» xizmati (10 oyga yoki 2 yilga) faol bo‘lsa, u holda barcha oldindan yechib olish urinishlarida tarif rejasi va muddatli to‘lov uchun balansda yetarli mablag‘ mavjudligi tekshiriladi.
Oldindan yechib olish jarayoni davomida quyidagilar mavjud emas:
-
Restart xizmatini faollashtirish;
-
Tarif rejasini o‘zgartirish.
2. Oylik tarif rejalarida abonent to‘lovini yechib olish shartlaridagi o‘zgarishlar
Abonent to‘lovi faqat balansda yetarli mablag‘ mavjud bo‘lganda yechib olinadi.
Agar abonent to‘lovini yechib olish vaqtida balansda mablag‘ yetarli bo‘lmasa, raqam bloklanadi.
Balans zarur summaga to‘ldirilgach, raqam shu zahoti (online rejimida) faollashtiriladi.
Agar balans oyning 1-sanasida emas, balki keyinroq to‘ldirilgan bo‘lsa, tarif rejasi bo‘yicha abonent to‘lovi oyning oxirigacha qolgan kunlarga mutanosib ravishda yechib olinadi.
Daqiqalar, MB va SMS to‘plamlari ham oyning oxirigacha qolgan kunlarga mutanosib ravishda taqdim etiladi.
Keyingi abonent to‘lovi esa keyingi oyning 1-sanasida yechib olinadi.
3. Yillik tarif rejalarida abonent to‘lovini yechib olish shartlariga o‘zgartirishlar
Yillik tarif rejalarida abonent to‘lovini yechib olish sanasi, hisob abonent to‘lovini yechib olish uchun yetarli miqdorda to‘ldirilgandan so‘ng raqam blokdan chiqarilgan kunga ko‘chiriladi.
4. «Maxsus toifadagi raqam muddatli to‘lovga» va «Maxsus toifadagi raqam 2 yilga muddatli to‘lovga» xizmatlarini taqdim etish shartlariga o‘zgartirishlar
«Maxsus toifadagi raqam muddatli to‘lovga» va «Maxsus toifadagi raqam 2 yilga muddatli to‘lovga» xizmatlari bo‘yicha raqam qiymati faqat hisobda muddatli to‘lovning to‘liq summasini yechib olish uchun yetarli mablag‘ mavjud bo‘lganda yechib olinadi.
Agar muddatli to‘lov bo‘yicha raqam qiymatini yechib olish kunida hisobda yetarli mablag‘ bo‘lmasa, raqam bloklanadi. Zarur summa hisobga kiritilgandan so‘ng blokirovka yechiladi, muddatli to‘lov bo‘yicha raqam qiymatini yechib olish sanasi esa raqamning oxirgi faollashtirilgan kuniga ko‘chiriladi.
5. Daqiqalar, MB va SMS’larning limitdan ortiq sarflanishi uchun to‘lovni yechib olishga mablag‘ yetarli bo‘lmaganda alohida aloqa xizmatining bloklanishi.
Daqiqalar, MB va SMS’larning limitdan ortiq sarflanishi uchun to‘lovni yechib olishga hisobda mablag‘ yetarli bo‘lmaganda, faqat chiquvchi ovozli qo‘ng‘iroqlar, internet yoki chiquvchi SMS-xabarlardan foydalanish bloklanadi.
Bunda abonent raqami faol holatda qoladi.
Misol: tarif rejangiz va/yoki xarid qilingan internet to‘plami bo‘yicha MB tugagan, biroq balansingizda 1 050 so‘m mavjud. Bunday holatda balansdan limitdan ortiq foydalanish narxiga muvofiq — har 1 MB uchun 100 so‘mdan yechib boriladi.
Mazkur summa hisobiga 10,5 MB sarflanadi.
Balans 0 so‘mga teng bo‘lgach, internetdan foydalanish bloklanadi.
Bunda raqam faol holatda qoladi.
Agar daqiqalar va SMS to‘plamlari hali mavjud bo‘lsa, chiquvchi ovozli qo‘ng‘iroqlar hamda SMS-xabarlar yuborish imkoniyati saqlanib qoladi.
6. Qo‘shimcha xizmat uchun navbatdagi to‘lovni yechib olishga mablag‘ yetarli bo‘lmaganda xizmatning bloklanishi
Qo‘shimcha xizmat bo‘yicha navbatdagi to‘lovni yechib olish uchun hisobda mablag‘ yetarli bo‘lmaganda, faqat ushbu xizmatdan foydalanish imkoniyati bloklanadi.
Bunda abonent raqami faol holatda qoladi.
Misol: sizda «Unlim YouTube» xizmati ulangan bo‘lib, unga ko‘ra har oyning 10-sanasida oyiga 20 000 so‘m yechib olinadi.
Xizmat bo‘yicha navbatdagi to‘lovni yechib olish vaqtida balansda 10 000 so‘m mavjud. Bunday holatda «Unlim YouTube» xizmatidan foydalanish bloklanadi. YouTube resursidan foydalanilganda MB’lar tarif rejasiga kiritilgan MB to‘plami, xarid qilingan internet to‘plami yoki limitdan ortiq foydalanish narxi bo‘yicha sarflanadi.
Bunda abonent raqami faol holatda qoladi.
Mavjud daqiqalar, MB va SMS to‘plamlari ham foydalanish uchun ochiq bo‘lib qoladi.
7. Tarif rejasini o‘zgartirishda yanada ko‘proq moslashuvchanlik
Tarif rejasini quyidagi hollarda o‘zgartirish mumkin bo‘ladi:
- Bloklangan holatda: aqam mablag‘ yetishmasligi sababli bloklangan bo‘lsa ham, tarif rejasini o‘zgartirish mumkin.
Tegishli so‘rov yuborilganda tarif rejasi bloklangan holatda hech qanday qo‘shimcha shartlarsiz (balans holatidan qat’i nazar) o‘zgartiriladi. Tarif rejasi muvaffaqiyatli o‘zgartirilgandan so‘ng ushbu so‘rovni bekor qilish imkoni bo‘lmaydi.
Agar tarif rejasi muvaffaqiyatli o‘zgartirilgandan so‘ng balansda yangi tarif bo‘yicha to‘liq abonent to‘lovini yechib olish uchun yetarli mablag‘ mavjud bo‘lsa, raqam faol holatga o‘tadi. Balansdan yangi tarif bo‘yicha to‘liq abonent to‘lovi yechib olinadi. Daqiqalar, MB va SMS to‘plamlari ham to‘liq hajmda taqdim etiladi. Keyingi abonent to‘lovi tarif rejasi o‘zgartirilgan kundan boshlab 1 oydan so‘ng yechib olinadi.
Agar tarif rejasi muvaffaqiyatli o‘zgartirilgandan so‘ng balansda yangi tarif bo‘yicha to‘liq abonent to‘lovini yechib olish uchun yetarli mablag‘ bo‘lmasa, raqam bloklangan holatda qoladi.
Faol holatga qaytish uchun balansni yangi tarif bo‘yicha to‘liq abonent to‘lovi miqdorigacha to‘ldirish zarur.
Balans to‘ldirilgandan so‘ng yangi tarif bo‘yicha to‘liq abonent to‘lovi yechib olinadi.
Daqiqalar, MB va SMS to‘plamlari ham to‘liq hajmda taqdim etiladi. Keyingi abonent to‘lovi balans to‘ldirilgan va raqam faol holatga o‘tgan kundan boshlab 1 oydan so‘ng yechib olinadi.
- Tarif rejasini kelgusi sanaga o‘zgartirish: yangi tarif rejasiga o‘tishni oldindan, joriy kundan boshlab 30 kun ichidagi istalgan kelgusi sanaga rejalashtirish mumkin.
Tarif rejasini kelgusi sanaga o‘zgartirish faqat raqam faol holatda bo‘lganda mavjud.
Tanlangan sana kelguniga qadar tarif rejasini o‘zgartirish bo‘yicha arizani istalgan vaqtda bekor qilish mumkin.
Tanlangan sana kelgach, tarif rejasi hech qanday qo‘shimcha shartlarsiz o‘zgartiriladi. Avval rasmiylashtirilgan tarif rejasini o‘zgartirish buyurtmasini bekor qilish imkoni bo‘lmaydi.
Agar tanlangan sanada tarif rejasini o‘zgartirish so‘rovi bajarilganda balansda yangi tarif bo‘yicha to‘liq abonent to‘lovini yechib olish uchun yetarli mablag‘ mavjud bo‘lsa, balansdan yangi tarif bo‘yicha to‘liq abonent to‘lovi yechib olinadi.
Daqiqalar, MB va SMS to‘plamlari ham to‘liq hajmda taqdim etiladi. Keyingi abonent to‘lovi tarif rejasi o‘zgartirilgan kundan boshlab 1 oydan so‘ng yechib olinadi.
Agar tanlangan sanada tarif rejasini o‘zgartirish so‘rovi bajarilganda balansda yangi tarif bo‘yicha to‘liq abonent to‘lovini yechib olish uchun yetarli mablag‘ bo‘lmasa, raqam bloklanadi. Faol holatga qaytish uchun balansni yangi tarif bo‘yicha to‘liq abonent to‘lovi miqdorigacha to‘ldirish zarur.
Balans to‘ldirilgandan so‘ng yangi tarif bo‘yicha to‘liq abonent to‘lovi yechib olinadi.
Daqiqalar, MB va SMS to‘plamlari ham to‘liq hajmda taqdim etiladi. Keyingi abonent to‘lovi balans to‘ldirilgan va raqam faol holatga o‘tgan kundan boshlab 1 oydan so‘ng yechib olinadi.
- Tarif rejasi o‘zgartirilganda turlicha hajmdagi daqiqalar, MB va SMS’larni saqlab qolish:
Endilikda tarif rejasi o‘zgartirilganda nafaqat bir xil hajmdagi daqiqalar, MB va SMS’lar, balki turlicha hajmdagi hisoblagichlar ham saqlanadi va yangi tarif rejasiga o‘tkaziladi.
Agar joriy tarif rejasida yangi tarif rejasidagidek daqiqalar, MB yoki SMS hisoblagichi mavjud bo‘lsa, tarif rejasi o‘zgartirilganda joriy tarif rejasidagi foydalanilmagan daqiqalar, MB va SMS’lar yangi tarif rejasidagi tegishli daqiqalar, MB va SMS’larga qo‘shiladi.
Ko‘chirilgan hisoblagichlarning amal qilish muddati — yangi tarif rejasida to‘langan oyning amal qilish muddati tugaguniga qadar.
1-misol: abonent Kerakli 55 tarif rejasidan foydalanmoqda. Joriy oyda hisoblagichlarning amal qilish muddati — 1-avgustgacha. 20-iyul holatiga ko‘ra abonentda cheksiz daqiqalar, 15 000 MB va 2 000 SMS mavjud.
20-iyul kuni abonent Mazza 70 tarif rejasiga o‘tadi.
Tarif rejasi o‘zgartirilgandan so‘ng abonentda quyidagilar mavjud bo‘ladi:
- Unlim daqiqalar,
- 164,6 GB: Mazza 70 tarif rejasi bo‘yicha 150 GB va Kerakli 55 tarif rejasidan qolgan 14,6 GB;
- 7 000 SMS: Mazza 70 tarif rejasi bo‘yicha 5 000 SMS va Kerakli 55 tarif rejasidan qolgan 2 000 SMS;
- Telegram, Instagram, Facebook va Facebook Messenger’dan cheksiz foydalanish,
- Kid Security, MobiMusic va MobiTV xizmatlariga bepul obuna.
Agar joriy tarif rejasida yangi tarif rejasida mavjud bo‘lmagan hisoblagich bo‘lsa, bunday hisoblagich bo‘yicha qoldiq saqlanadi va abonent o‘tayotgan yangi tarif rejasiga ko‘chiriladi. Ko‘chirilgan bunday hisoblagichning amal qilish muddati eski tarif rejasi bo‘yicha to‘langan davr tugaydigan sanagacha saqlanadi.
2-misol: abonent «M» tarif rejasidan foydalanmoqda. Joriy oy uchun hisoblagichlarning amal qilish muddati — 1-avgustgacha. 20-iyul holatiga ko‘ra abonentda 500 daqiqa, 5 GB, 500 SMS va TAS-IX uchun 10 GB mavjud.
20-iyul kuni abonent Mazza 70 tarif rejasiga o‘tadi
Tarif rejasi o‘zgartirilgandan so‘ng abonentda:
- Unlim daqiqalar;
- 155 GB (Mazza 70 tarif rejasi bo‘yicha 150 GB + «M» tarif rejasidan qolgan 5 GB) — 20-avgustgacha;
- 5 500 SMS (Mazza 70 tarif rejasi bo‘yicha 5 000 SMS + «M» tarif rejasidan qolgan 500 SMS) — 20-avgustgacha;
- TAS-IX uchun 10 GB — 1-avgustgacha;
- Telegram, Instagram, Facebook va Facebook Messenger’dan cheksiz foydalanish,
- Kid Security, MobiMusic va MobiTV xizmatlariga bepul obuna.
GB va SMS to‘plamlari ikkala tarif rejasida ham bir xil bo‘lgani sababli ular qo‘shiladi.
Qo‘shilgan GB va SMS hajmlarining amal qilish muddati — 20-avgustgacha, ya’ni yangi tarif rejasi bo‘yicha to‘langan oy muddati tugaguniga qadar.
TAS-IX uchun 10 GB — yangi tarif rejasida mavjud bo‘lmagan hisoblagich. U ko‘chiriladi, biroq boshqa hisoblagichlar bilan qo‘shilmaydi. Uning amal qilish muddati — 1-avgustgacha, ya’ni «M» tarif rejasi bo‘yicha to‘langan davr tugaydigan sanagacha.
GB va SMS to‘plamlari ikkala tarif rejasida ham bir xil bo‘lgani sababli ular qo‘shiladi. Qo‘shilgan barcha MB va SMS hajmlarining amal qilish muddati — 20-avgustgacha, ya’ni yangi tarif rejasi bo‘yicha to‘langan oy muddati tugaguniga qadar.
8. «Abonement» xizmati faol bo‘lganda tarif rejasini almashtirish bo‘yicha vaqtinchalik o‘zgarishlar
«Abonement» xizmati faol bo‘lsa, tarif rejasini o‘zgartirish o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish servislari (USSD-kodlar, SMS-kodlar va Virtual menejer) orqali vaqtincha mavjud bo‘lmaydi.
Agar sizda «Abonement» xizmati faol bo‘lsa va tarif rejasini o‘zgartirmoqchi bo‘lsangiz, Mobiuz’ning shaxsiy ofislariga yoki call-markazga murojaat qilishingizni tavsiya etamiz.
Eslatib o‘tamiz, xizmatning amal qilish muddati tugashidan oldin tarif rejasi o‘zgartirilgan taqdirda, mablag‘lar qaytarilmaydi va xizmat qiymati qayta hisoblab chiqilmaydi.