Hurmatli abonentlar! 2026-yil 31-iyul soat 18:00 dan 1-avgust soat 10:00 gacha Mobiuz mobil aloqa operatorining billing tizimini to’liq yangilash bo’yicha ishlar olib boriladi.
Ushbu ishlar davomida quyidagi xizmatlar vaqtincha ishlamaydi:
-
Mobiuz mobil ilovasi;
-
balansni tekshirish va to‘ldirish;
-
USSD-kodlar va SMS-xabarlar orqali xizmatlarni yoqish, o‘chirish, tekshirish;
-
rouming va xalqaro qo‘ng‘iroqlar;
-
tarif rejalarini almashtirish;
-
raqamlarni ulash, qayta rasmiylashtirish, tiklash hamda raqamni bitta operatordan boshqa operatorga ko’chirib o’tkazish (MNP) bilan bog‘liq barcha xizmatlar;
-
MobiCinema, MobiMusic, Kid security servislarini faollashtirish (hozir obunangiz bo‘lsa, ishlayveradi);
- barcha kontent-xizmatlar, shu jumladan SMS-xabarnomalar, shuningdek, MobiGames, Mobimoon, MobiKids brend servislari.
Shu munosabat bilan, noqulayliklar yuzaga kelmasligi uchun Mobiuz raqamlaringiz balansini oldindan (31-iyul 18:00 gacha) to‘ldirib qo‘yishingizni iltimos qilamiz!
Qo‘ng’iroqlar, mobil internet va SMS-xabarlar odatiy tartibda ishlaydi. Mobiuz call-markaziga 0890, (+998) 97 130 0909 raqamlari orqali qo‘ng‘iroq qilish mumkin.Billing yangilanishi holati bo’yicha ma’lumotlar https://t.me/PRmobiuz Telegram-kanalida joylashtiriladi.
Barcha abonentlar, korporativ mijozlar va hamkorlarga holatni to’g’ri tushunganliklari va sabr-toqat uchun minnatdorlik bildiramiz!
Eng ko’p yuzaga keladigan savollarga javoblar bilan quyida tanishib chiqishingiz mumkin:
1. Billing tizimi nima?Bu — raqamingiz bilan bog‘liq hamma narsani boshqaradigan tizim: tarif ulash, paketlarni yoqish, chegirma qo‘llash, pul yechish-to‘ldirish, xizmatlarni yoqish-o‘chirish va barcha amallar tarixini saqlash shu tizim orqali amalga oshadi.
2. Aniq qachon boshlanadi?
31-iyul kuni kechqurun soat 18:00 dan.
3. Qancha davom etadi?
Taxminan 14-15 soat. Agar tizim to‘liq barqaror ishlamasa, biroz uzaytirishimiz mumkin — bu haqda darhol xabar beramiz.
4. Nima ishlamaydi?
Quyidagi xizmatlar ishlamaydi:
-
Mobiuz mobil ilovasi;
-
balansni tekshirish va to‘ldirish;
-
USSD-kodlar va SMS-xabarlar orqali xizmatlarni yoqish, o‘chirish, tekshirish;
-
rouming va xalqaro qo‘ng’iroqlar;
-
tarif rejalarini almashtirish;
-
kompaniya va dilerlar ofislarida raqamlarni ulash, qayta rasmiylashtirish, tiklash bilan bog’liq barcha xizmatlar;
-
MobiCinema, MobiMusic, Kid security servislarini faollashtirish (amaldagi obunasi bor foydalanuvchilar uchun servislar ishlaydi);
-
barcha kontent-xizmatlar, shu jumladan Uzcard va Humodan keladigan SMS-xabarnomalar, shuningdek, MobiGames, Mobimoon, MobiKids brend servislari.
5. Hozir nima qilishim kerak?
Balansni 31-iyul soat 18:00 gacha to‘ldirishni tavsiya qilamiz.
6. Balansdagi mablag‘larga nima bo‘ladi?
Billingni yangilash abonentlarning balansiga ta’sir qilmaydi. Yangi billing tizimiga o‘tish va barcha xizmatlar tiklangandan so‘ng, abonentlar balansni tekshirishlari va mablag‘lardan o‘z xohishlariga ko‘ra foydalanishlari mumkin bo‘ladi.
7. Sotib olingan to‘plamlar va obunalar saqlanadimi?
Ha, barcha faol paketlar va obunalar avtomatik ko‘chadi va ishlashda davom etadi.
8. Raqamim yoki shaxsiy hisobim o‘zgaradimi?
Yo‘q, telefon raqami va shaxsiy hisob o‘zgarishsiz qoladi — faqat kompaniya ichidagi texnologik platforma almashadi.
9. O‘tish davomida rouming holati qanday bo‘ladi?
O‘tish davrida rouming xizmatlari vaqtincha cheklanadi. Ishga tushganligini https://t.me/PRmobiuz Telegram-kanalimizda bilib olishingiz mumkin.
10. Telefon sozlamalarini yoki SIM-kartani almashtirish kerakmi?
Yo‘q, telefon yoki SIM-karta bilan hech qanday amal bajarish shart emas.
11. Bank kartasi orqali to’lov o’zgaradimi?
Yo‘q, karta orqali to’lov avvalgidek qoladi — balansni to‘ldirish usuli o‘zgarmaydi.
12. Aloqa umuman ishlaydimi?
Mobil internet, ovozli aloqa va SMS ishlab turadi.
13. Ilova ishlamasa nima qilaman?
Billingni yangilash ishlari davomida mobil ilova ishlamaydi. Ishlar yakunlangach, mobil ilovani yangilash kerak bo‘ladi.
14. Balans to‘ldirish ishlaydimi?
Oldindan to’ldirishni tavsiya qilamiz. O‘tishning faol bosqichida balans to‘ldirish vaqtincha cheklanadi.
15. Olib borilayotgan ishlar mobil internet yoki qo‘ng‘iroqlar sifatiga ta’sir qiladimi?
Yo‘q, ta‘sir qilmaydi. Agar kutilmagan holat yuzaga kelsa, https://t.me/PRmobiuz kanalida darhol xabar beramiz.
16. Savol bilan qayerga murojaat qilaman?
Call-markazimiz 24/7 ishlaydi. Telegram yoki Instagramga yozishingiz, yoki company.mobi.uz/uz/feedback sahifasi orqali murojaat qoldirishingiz mumkin.
17. Nega uzilishlarsiz billingni almashtirib bo‘lmaydi?
Biz cheklovlar vaqtini iloji boricha qisqartirishga harakat qildik va sizni oldindan ogohlantiryapmiz — tayyorgarlik ko‘rishingiz uchun. Jamoamiz odatiy xizmatni imkon qadar tezroq qayta ishlatish uchun barcha choralarni ko‘rmoqda.
18. O‘tishdan keyin tariflar o‘zgaradimi?
Yo‘q, hozirgi tariflaringiz saqlanib qoladi. Faqat hisob-kitob tizimi yanada zamonaviyroq bo‘ladi.
19. Korporativ mijozlar nima qiladi?
0990 raqami orqali korporativ mijozlar uchun alohida qo’llab-quvvatlash liniyasi ishlamoqda.
20. Noqulayliklar uchun kompensatsiya beriladimi?
Billing tizimini yangilash ishlari tunda, ovozli aloqa, mobil internet va SMS xizmatlarini o‘chirmagan holda amalga oshirilmoqda. Agar ayrim abonent raqamlarida muammo yuzaga kelsa, holat tekshiriladi va zarur bo‘lsa, bonus yoki kompensatsiya taqdim etiladi.