Yillik tarif rejalari hamda boshqa tarif rejalarida abonent to‘lovini yechib olish shartlariga o‘zgartirishlar
Hurmatli abonentlar!
2026-yil 1-iyuldan boshlab yillik tarif rejalari hamda boshqa tarif rejalarida abonent to‘lovini yechib olish hisobda abonent to‘lovini yechib olish uchun yetarli mablag‘ mavjud bo‘lgandagina amalga oshiriladi.
Oylik tarif rejalarida abonent to‘lovi oyning birinchi sanasida kiritilmagan taqdirda, mablag‘ oyning oxirigacha qolgan kunlar soniga mutanosib ravishda yechib olinadi, tarif paketlari esa oyning oxirigacha qolgan kunlar soniga mutanosib ravishda taqdim etiladi.