Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Butun O‘zbekiston hududida ViLTE ishga tushirilishi

Hurmatli abonentlar!

Endilikda «VoLTE» xizmati doirasida butun O‘zbekiston hududida ViLTE servisidan foydalanish imkoniyati mavjud ekanligini ma’lum qilishdan mamnunmiz.

ViLTE – LTE tarmog‘ida abonentlar o‘rtasida tashqi ilovalardan foydalanmagan holda, videoqo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish imkoniyatini taqdim qiluvchi texnologiya. Qo‘ng‘iroqni amalga oshirish uchun ikkala muloqotchilar ham ViLTE qo‘llab-quvvatlaydigan qurilmalar va ulangan «VoLTE» xizmatiga ega bo‘lishlari kerak.

Xizmatni Mobiuz mobil ilovasida faollashtirish imkoniyati mavjud.

Agar xizmat avvalroq ulangan bo‘lsa, qo‘shimcha harakatlarni amalga oshirish kerak emas. Siz ViLTE texnologiyasidan foydalanishingiz mumkin bo‘ladi (qurilma qo‘llab-quvvatlaydigan holda).

Ro'yxatga qaytish