Biz ijtimoiy tarmoqlarda
«VoLTE» xizmati

Hurmatli abonentlar!

Endilikda yuridik shaxslarda «VoLTE» xizmatini ulash imkoniyati mavjud ekanligini ma’lum qilishdan mamnunmiz.

VoLTE – qo‘ng‘iroqlar uchun LTE texnologiyasidan foydalanish imkoniyatini taqdim qiluvchi texnologiya: ovozli xabarlar ma’lumotlar to‘plamlari ko‘rinishida uzatiladi. Bu yuqori tezlikda qo‘ng‘iroq qilib tushish mumkin bo‘lgan aloqa sifatining yangi shaklidir.

Xizmatni yozma ariza bo‘yicha, Korporativ-internet yordamchi va Virtual menejer orqali ulash imkoniyati mavjud.

Xizmatdan foydalanish uchun uni telefon sozlamalarida faollashtirish zarur. Xizmat ishlashi uchun abonent xizmatning amal qilish hududida bo‘lishi kerak.

Xizmatdan Toshkent va Samarqand XKMga tegishli bo‘lgan raqamlarda,yuridik shaxslar uchun mo‘ljallangan tarif rejasiga ulangan abonentlarda, Toshkent sh. va Samarqand sh. hududidagi LTE tarmog‘ining amal qilish hududida foydalanish imkoniyati mavjud.

Xizmat haqidagi batafsil ma’lumot havola bo‘yicha.

Ro'yxatga qaytish