Biz ijtimoiy tarmoqlarda
«Xizmat 3» tarif rejasidagi abonentlarga xizmat ko‘rsatishning o‘zgarishi.

Hurmatli abonentlar!

Abonentlarga hajmi ko‘paytirilgan daqiqa, megabayt va SMS to‘plamlariga ega bo‘lgan tarif rejalaridan foydalanishning manfaatliroq shartlarini taqdim etish orqali, taqdim etilayotgan mobil aloqa xizmatlarining sifatini oshirish maqsadida - «Xizmat 3»  tarif rejasidagi abonentlarga xizmat ko‘rsatish   28.10.2021y. dan to‘xtatilayotganini ma’lum qilamiz.

1. «Xizmat 3»  tarif rejasidagi abonentlar 14.10.2021y. dan 27.10.2021y. gacha (shu jumladan) bo‘lgan davr mobaynida, o‘tish imkoniyati mavjud bo‘lgan har qanday tarif rejasiga, mustaqil ravishda o‘tishlari mumkin.

2. 14.10.2021y. dan «Xizmat 3» tarif rejasidan, o‘tish imkoniyati mavjud bo‘lgan har qanday tarifga o‘tishning narxi – 0 so‘m.

3. Abonent tarif rejasini almashtirishni mustaqil ravishda amalga oshirmagan holatda, Operator 28.10.2021y. dan 29.10.2021y. gacha bo‘lgan davr mobaynida, Abonentni «Xizmat 3» tarif rejasidan «Corporate 200» tarif rejasiga, bir tomonlama tartibda o‘tkazish huquqiga ega bo‘ladi.

4. Ushbu vaziyatda, abonent «Xizmat 3» tarif rejasidan «Corporate 200» tarif rejasiga o‘tkazilganda «Corporate 200» tarif rejasi abonent to‘lovining hisoblangan miqdoriga, 31.10.2021y. oxirigacha qolgan kunlar soniga mutanosib ravishda chegirma taqdim etiladi.

5. Tarif rejasi almashtirilganda «Xizmat 3» TR bo‘yicha daqiqa, MB va SMS to‘plamlari kuyadi.

6. Tarif rejasi almashtirilganda, o‘tilgan tarif rejasining daqiqa, MB va SMS to‘plamlari, 31.10.2021y. oxirigacha qolgan kunlarga mutanosib ravishda hisoblanadi. Amal qilish muddati – 31.10.2021y. oxirigacha.

7. Yangi tarif rejasiga o‘tkazilgandan keyin, Abonent tarif rejasini o‘tish imkoniyati mavjud bo‘lgan har qanday tarif rejasiga almashtirishi mumkin.

Ro'yxatga qaytish