«Chiroyli raqamlarga aksiya»
Aksiya o‘tkazilish davri: 2024-yil 3-dekabrdan 2025-yil 31-dekabrgacha (shu jumladan).
1. Aksiya davrida, abonentlarga «Corporate 40», «Corporate 50», «Corporate 60», «Corporate xotirjam 40», «Corporate xotirjam 60», «Corporate xotirjam 80», «Corporate xotirjam 100», tarif rejalari bo‘yicha maxsus toifadagi raqamlarni ulashda, Bronze, Silver Light, Silver, Gold toifalari bo‘yicha raqamlarni ulash uchun quyidagi chegirmalar taqdim etiladi
Jadval 1
Tarif nomi |
Tarif rejasi abonent to‘lovi, so‘m/oy |
Bronze |
Silver Light |
Silver |
Gold |
---|---|---|---|---|---|
Aksiyasiz narxi |
Aksiyasiz narxi |
Aksiyasiz narxi |
Aksiyasiz narxi |
||
300 000 so‘m |
630 000 so‘m |
840 000 so‘m |
2 000 000 so‘m |
||
Aksiya doirasida chegirma 70% |
Aksiya doirasida chegirma 70% |
Aksiya doirasida chegirma 70% |
Aksiya doirasida chegirma 80% |
||
Corporate 40 |
40 000 |
90 000 |
189 000 |
252 000 |
Aksiyasiz |
Corporate Xotirjam 40 |
40 000 |
90 000 |
189 000 |
252 000 |
Aksiyasiz |
Corporate 50 |
50 000 |
90 000 |
189 000 |
252 000 |
Aksiyasiz |
Corporate 60 | 60 000 | 90 000 | 189 000 | 252 000 | 400 000 |
Corporate Xotirjam 60 | 60 000 | 90 000 | 189 000 | 252 000 | 400 000 |
Corporate Xotirjam 80 | 80 000 | 90 000 | 189 000 | 252 000 | 400 000 |
Corporate Xotirjam 100 | 100 000 | 90 000 | 189 000 | 252 000 | 400 000 |
Aksiya doirasida Bronze, Silver Light, Silver toifalaridagi raqamlarni ulagan abonentlarga - to‘liq abonent to‘lovining 6 marta yechib olinishigacha tarif rejasini o‘zgartirish va raqamni bekor qilishga taqiq o‘rnatiladi.
To‘liq abonent to‘lovini 6 marta yechib olinishigacha har qanday (aksiyada ishtirok etuvchi yoki ishtirok etmaydigan) kichikroq tarif rejasiga o‘tilganda – abonent raqamning taqdim etilgan chegirma miqdoridagi to‘liq qiymatini to‘lashi zarur.
2) Corporate 60, Corporate Xotirjam 60, Corporate Xotirjam 80, Corporate Xotirjam 100 tarif rejalariga ulanishda abonentlarga Super Gold, Platinum Light, Platinum, Platinum Plus, Super Platinum toifalaridagi raqamlarga ulanish qiymatiga quyidagi chegirmalar taqdim etiladi.
Jadval 2
Tarif nomi |
Tarif rejasi abonent to‘lovi, so‘m/oy |
Super Gold |
Platinum Light |
Platinum |
Platinum Plus |
Super Platinum |
---|---|---|---|---|---|---|
Aksiyasiz narxi |
Aksiyasiz narxi |
Aksiyasiz narxi |
Aksiyasiz narxi |
Aksiyasiz narxi |
||
5 000 000 so‘m |
10 000 000 so‘m |
25 000 000 so‘m |
40 000 000 so‘m |
50 000 000 so‘m |
||
Aksiya doirasida chegirma 80% |
Aksiya doirasida chegirma 80% |
Aksiya doirasida chegirma 80% |
Aksiya doirasida chegirma 80% |
Aksiya doirasida chegirma 80% |
||
Corporate Xotirjam 60 |
60 000 |
1 000 000 |
Aksiyasiz |
Aksiyasiz |
Aksiyasiz |
Aksiyasiz |
Corporate 60 |
60 000 |
1 000 000 |
Aksiyasiz |
Aksiyasiz |
Aksiyasiz |
Aksiyasiz |
Corporate Xotirjam 80 |
80 000 |
1 000 000 |
2 000 000 |
5 000 000 |
8 000 000 |
10 000 000 |
Corporate Xotirjam 100 | 100 000 | 1 000 000 | 2 000 000 | 5 000 000 | 8 000 000 | 10 000 000 |
Aksiya doirasida Gold, Super Gold toifalaridagi raqamlarni ulagan abonentlarga - to‘liq abonent to‘lovining 12 marta yechib olinishigacha tarif rejasini o‘zgartirish va raqamni bekor qilishga taqiq o‘rnatiladi.
To‘liq abonent to‘lovining 12 marta yechib olinishigacha har qanday (aksiyada ishtirok etuvchi yoki ishtirok etmaydigan) kichikroq tarif rejasiga o‘tilganda – abonent raqamning taqdim etilgan chegirma miqdoridagi to‘liq qiymatini to‘lashi zarur.
Aksiya doirasida Gold, Super Gold toifalaridagi raqamlarni ulagan abonentlarga - to‘liq abonent to‘lovining 24 marta yechib olinishigacha tarif rejasini o‘zgartirish va raqamni bekor qilishga taqiq o‘rnatiladi
Har qanday kichikroq tarifga o‘tishda (aksiyada ishtirok etayotgan yoki ishtirok etmaydigan) 24 ta to‘liq abonent to‘lovi (oylik abonent to‘lovida bo‘lgan tariflar uchun) yoki ikkinchi to‘liq abonent to‘loviga qadar (yillik tariflar uchun), abonentga taqdim etilgan chegirma miqdorida raqamning narxini to‘lash kerak bo‘ladi.
Aksiya doirasida abonent raqamlarini ulash imkoniyati Mobiuz shaxsiy ofislarida mavjud.
Aksiya shartlari:
- «Chiroyli raqamlarga aksiya» doirasida chegirmalar bilan ulanganda, alohida toifadagi raqamlarga ulanish bo‘yicha boshqa chegirmalardan foydalanishning imkoniyati mavjud emas;
- Faqat yangi abonentlar uchun;
- Narxlar barcha soliqlarni hisobga olgan holda ko‘rsatilgan.
- Aksiya doirasida abonent jismoniy shaxs uchun dastlabki bo‘nak to‘lovi raqam ro‘yxatdan o‘tkazilganda to‘lanishi kerak;
- Agar raqamni ro‘yxatdan o‘tkazishda abonent — jismoniy shaxs aksiya doirasida dastlabki avans to‘lovini to‘lamasa, ulanayotgan SIM-karta berilmaydi;
- Agar raqam aksiya davrida jismoniy shaxs nomiga ro‘yxatga olingan bo‘lsa, ammo to‘lov aksiya tugagandan keyin amalga oshirilsa, raqamni ulash uchun to‘lov aksiya narxi bo‘yicha hisoblanadi. Shuningdek, agar abonent raqami aktsiyaning so‘nggi kunlarida ulanishi amalga oshirilsa, ammo to‘lov 2025-yil 31-dekabrdan keyin qilinsa, aktsiya doirasida chegirma hisobga olinib, summa yechib olinadi;
- Bronze, Silver Light, Silver, Gold toifalari uchun quyidagi prefikslarni aksiya doirasida ulash imkoniyati mavjud emas: (97)770, (97)707, (97)700, (97)777, (97)701, (97)779, (970778, (97)000, (97)888, (88)333, (88)700, (88)701, (88)808, (97)007, (88)111, (97)111, (88)007, (88)666, (97)666, (88)399, (88)383, (88)133, (88)200, (88)008, (88)009, (88)020, (88)075, (88)202, (88)208, (88)408, (88)702, (88)703, (88)707, (97)008, (97)009, (97)202, (88)800;
- Kompaniya aksiyada ishtirok etmaydigan abonent raqamlari ro‘yxatini belgilash huquqini o‘zida saqlab qoladi;
- Raqamlar soni – cheklangan;
- Bronze, Silver Light, Silver, Gold, Super Gold, Platinum Light, Platinum, Platinum Plus, Super Platinum toifasidagi raqamlar 31.12.2025y. gacha tugab qolgan taqdirda, aksiya muddatidan avval to‘xtatiladi.
6 ta, 12 ta yoki 24 ta to‘liq oylik abonent to‘lovi (oylik tariflar uchun) YECHILMAGUNGA QADAR tarif rejasini o‘zgartirish shartlari
Aksiya doirasida ulangan abonent, shaxsni tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasi bilan birga «UMS» MChJ shaxsiy ofisiga tegishli ariza bilan murojaat qilgan holda tarif rejasini o‘zgartirish imkoniyatiga ega.
1) Aksiyada ishtirok etuvchi yoki ishtirok etmayotgan, abonent to‘lovi kamroq bo‘lgan tarif rejasiga o‘tilganda.
Ushbu vaziyatda, tarif rejasi o‘zgartirilganda abonent raqamning taqdim qilingan chegirma miqdoridagi qiymatini to‘lashi zarur.
Tarifni o‘zgartirish uchun abonent balansida raqamning taqdim qilingan chegirma miqdoridagi qiymati + o‘tish amalga oshirilayotgan tarif rejasining to‘liq abonent to‘lovi + o‘tish narxiga teng miqdordagi mablag‘ bo‘lishi zarur.
1 - misol: Abonent 10-dekabrda Bronze raqamini Corporate Xotirjam 60 tarifiga uladi. 5-fevralda (abonent to‘lovining 6 marta muvaffaqiyatli yechilishidan oldin) Corporate Xotirjam 80 tarifiga o‘tmoqda. Bu holatda, raqamning narxi taqdim etilgan chegirma miqdorida hisoblanadi, chunki Corporate Xotirjam 60 tarifining abonent to‘lovi Corporate Xotirjam 80 tarifiga nisbatan kam.
2 - misol: Abonent 10-dekabrda Super Gold raqamini Corporate Xotirjam 100 tarifiga uladi. 5-fevralda (abonent to‘lovining 12 marta muvaffaqiyatli yechilishidan oldin) Corporate Xotirjam 60 tarifiga o‘tmoqda. Bu holatda, raqamning narxi taqdim etilgan chegirma miqdorida hisoblanadi, chunki Corporate Xotirjam 60 tarifining abonent to‘lovi Corporate Xotirjam 100 tarifiga nisbatan kam.
1. Abonent to‘lovi ko‘proq bo‘lgan har qanday tarif rejasiga o‘tilganda.
Bu holatda tarif o‘zgartirilganda raqamning taqdim qilingan chegirma miqdoridagi qiymati hisoblanmaydi. O‘tish amalga oshirilgandan keyin qoldiq davr uchun abonent to‘lovi yechilmaguncha tarif rejasini o‘zgartirishga va shartnomani bekor qilishga taqiq o‘rnatiladi.
Tarifni o‘zgartirish uchun abonent balansida o‘tish amalga oshirilayotgan tarif rejasining to‘liq abonent to‘lovi + o‘tish narxiga teng miqdordagi mablag‘ bo‘lishi zarur.
3 - misol: Abonent 10-dekabrda Bronze raqamini Corporate Xotirjam 60 tarifiga uladi. 5-fevralda (abonent to‘lovining 6 marta muvaffaqiyatli yechilishidan oldin) Corporate Xotirjam 80 tarifiga o‘tmoqda. Bu holatda, raqamning narxi taqdim etilgan chegirma miqdorida hisoblanmaydi, chunki Corporate Xotirjam 80 tarifining abonent to‘lovi Corporate Xotirjam 60 tarifiga nisbatan ko‘p
6 ta, 12 ta yoki 24 ta to‘liq oylik abonent to‘lovi muvaffaqiyatli yechilgandan KEYIN tarif rejasini o‘zgartirishning shartlari.
Bu holatda har qanday tarif o‘zgartirilishida raqamning taqdim qilingan chegirma miqdoridagi qiymati hisoblanmaydi.
Tarifni o‘zgartirish uchun abonent balansida o‘tish amalga oshirilayotgan tarif rejasining to‘liq abonent to‘lovi + o‘tish narxiga teng miqdordagi mablag‘ bo‘lishi zarur.
6 ta, 12 ta yoki 24 ta to‘liq oylik abonent to‘lovi muvaffaqiyatli YECHILMAGUNCHA shartnomani bekor qilish shartlari.
Shartnomani bekor qilishda quyidagi holatlarda raqamning taqdim qilingan chegirma miqdoridagi qiymati hisoblanadi:
- Raqam aksiya doirasida ulangan paytdan boshlab va shartnomani bekor qilishga ariza berilgunga qadar hech qanday tarif rejasini o‘zgartirish amalga oshirilmagan;
- Raqam aksiya doirasida ulangan paytdan boshlab va shartnomani bekor qilishga ariza berilgunga qadar abonent to‘lovi ko‘proq bo‘lgan tarif rejasiga o‘tish amalga oshirilgan.
Raqamni bekor qilishda quyidagi holatlarda raqamning taqdim qilingan chegirma miqdoridagi qiymati HISOBLANMAYDI:
- Raqam aksiya doirasida ulangan paytdan boshlab va shartnomani bekor qilishga ariza berilgunga qadar abonent to‘lovi kamroq bo‘lgan, aksiyada ishtirok etuvchi yoki ishtirok etmaydigan tarif rejasiga o‘tish amalga oshirilgan;
- Raqam aksiya doirasida ulangan paytdan boshlab va shartnomani bekor qilishga ariza berilgunga qadar oylik tarifdan yillik tarif rejasiga o‘tish amalga oshirilganda;
- Raqam aksiya doirasida ulangan paytdan boshlab va shartnomani bekor qilishga ariza berilgunga qadar yillik tarif rejasidan boshqa abonent to‘lovi baland bo‘lgan yillik tarif rejasiga o‘tish amalga oshirilganda.
6 ta, 12 ta yoki 24 ta to‘liq abonent to‘lovi (oylik tariflar uchun) muvaffaqiyatli yechilgandan KEYIN shartnomani bekor qilish shartlari.
Bu holatda raqamning taqdim qilingan chegirma miqdoridagi qiymati HISOBLANMAYDI.
Aksiya doirasida ulangan, raqamning egasini o‘zgartirish:
- «Raqamni egasini o‘zgartish» xizmati aksiya davrida maxsus kategoriyadagi raqamlar uchun yangi egasiga belgilangan xizmat shartlariga muvofiq amalga oshiriladi. «Raqam egasini o‘zgartirishda» aksiya doirasidagi chegirmani hisobga olgan holda yangi egasiga qiymat hisoblanmaydi.
- Agar raqamni ulanishidan keyin va egasini o‘zgartirishgacha kerakli miqdorda abonent to‘lovlari (6, 12 yoki 24 oy davomida) amalga oshirilmagan bo‘lsa, amaldagi abonentga raqamni ulash uchun berilgan chegirma summasini to‘lash talab etiladi.
Agar amaldagi abonent belgilangan summani to‘lashdan bosh tortsa, "Raqamni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish" xizmati taqdim etilmaydi.
Agar raqamni ulanishidan keyin va yangi egasi nomiga o‘tkazilgungacha tarif bo‘yicha kerakli miqdorda abonent to‘lovlari amalga oshirilmagan bo‘lsa, amaldagi abonentga raqamni ulash uchun berilgan chegirma summasi hisoblanmaydi.