Biz ijtimoiy tarmoqlarda
«Silver ga chegirmalar!» aksiyasi

Aksiyani o‘tkazish muddati 2017-yil 29-noyabrdan 2018-yil 3-yanvar yakunigacha.

“Corporate 777”, “Corporate  Maxi”, “Corporate Perfect”, “Corporate Ultra” tarif rejalariga  ulanayotgan abonentlarga 2017-yil 29-noyabrdan 2018-yil 3-yanvar yakunigacha “Silver” toifasidagi raqamlarni xarid qilish uchun 85% chegirma taqdim etiladi:

Butun O‘zbekiston bo‘yicha

Raqam toifasi

Raqamni chegirmasiz ulash narxi

Aksiya bo‘yicha beriladigan chegirma, %

Aksiya bo‘yicha raqamning yakuniy narxi

Silver

(2105175,00 so‘m)

85%

315 776, 25 so‘m


Aksiya bo‘yicha raqamni ulash haqi ulanish kunining o‘zida to‘laligicha to‘lanadi.

Izohlar:

  • 29.11.2017 y. dan aksiya bo‘yicha faqat yuridik shaxslar - abonentlar “Corporate 777”, “Corporate  Maxi”, “Corporate Perfect”, “Corporate Ultra” tarif rejalariga ulanishlari mumkin.
  • Aksiya bo‘yicha chegirma “Alohida toifadagi raqam haqini qismlarga bo‘lib to‘lash” xizmatiga taaluqli EMAS.
  • Aksiya bo‘yicha chegirma raqamning kunlik abonent to‘loviga taaluqli EMAS.
  • Aksiya bo‘yicha chegirma faqat aksiyada ishtirok etayotgan “Silver” toifasidagi raqamlarga ulanish uchun amal qiladi.
  • Narxlar barcha soliqlarni hisobga olgan holda ko‘rsatilgan.
  •  Agar abonent “Silver” raqamini 29-noyabrgacha ulagan, lekin haqini aksiya boshlangandan keyin (29-noyabrdan keyin) to‘lasa, 85% chegirma AMAL QILMAYDI.

Masalan, «Corporate Maxi»  TR dagi abonent “Silver” raqami bilan 28-noyabrda ulangan, lekin to‘lovni 29-noyabr kuni amalga oshirdi. Bu holda abonent hisobidan 29-noyabr uchun 421 035 so‘m yechib qolinadi.

  • Agar abonent “Silver” raqamini aksiya o‘tayotgan muddatda (29-noyabrdan 3-yanvar yakunigacha) ulagan, lekin haqini aksiya yakunlangandan keyin (3-yanvardan keyin) to‘lasa, 85% chegirma AMAL QILADI.

Masalan, «Corporate Maxi» TR dagi abonent “Silver” raqami bilan 28-noyabrda ulangan, lekin to‘lovni 29-noyabr kuni amalga oshirdi. Bu holda abonent hisobidan 29-noyabr uchun 315 776,25 so‘m yechib qolinadi.

  • Agar raqamni ulash haqi (aksiya bo‘yicha chegirma bilan) 14 (o‘n to‘rt) kun ichida to‘laligicha to‘lanmasa, kompaniya abonent bilan shartnomani bekor qilishga va raqamni yana sotuvga chiqarishga haqli.
  • Raqamlar soni cheklangan.
  • Agar aksiyada ishtirok etayotgan “Silver” toifasidagi raqamlar 2018-yil 3-yanvargacha yakunlansa, aksiya muddatidan avval to‘xtatiladi.
Ro'yxatga qaytish